AQSh Afg‘onistondan askarlarini chiqarishni boshladi

  • 09:28 / 10.03.2020
  • 369

AQSh Afg‘onistondan qo‘shinini olib chiqishning dastlabki bosqichini boshladi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qo‘shinning olib chiqilishi Amerikaning Tolibon harakati bilan tinchlik bitimi imzolashi ortidan amalga oshirilmoqda. 
Birinchi bosqichda Vashington Afg‘onistonda bo‘lib turgan askarlar sonini 13 mingdan 8.6 minggacha kamaytiradi. Bu 28-fevralda Dohada imzolangan kelishuvdan keyin 135 kun ichida amalga oshirilishi shart. 
Agarda Tolibon kelishuvdagi shartlarga amal qilgan taqdirda amerikalik harbiylar mamlakatni 14 oy ichida to‘liq tark etishi belgilangan.
Afg‘oniston hukumati tinchlik bitimini imzolashda ishtirok etgani yo‘q.
Prezident Ashraf G‘ani avvalroq Tolibonning mamlakat qamoqxonalarida saqlanayotgan guruh vakillarini ozod qilmasligini aytgandi. Bu ularga qo‘yilayotgan talablardan biri hisoblanadi. Biroq kecha prezident qamoqxonalardagi minglab Tolibon guruhi tarafdorlarini ozod qilish bo‘yicha qarorni imzolashi mumkinligiga shama qildi.