AQSh blokbasterlariga bezak bergan avtomobillar

  • 15:49 / 05.07.2019
  • 27810

AQShlik kinoustalar tomonidan suratga tushirilgan blokbasterlarda qatnashgan avtomobillar o‘zlarining yorqin ko‘rinishi, ko‘pfunksiyaligi va yuqori tezligi bilan odamlar e'tiborini o‘ziga tortib kelgan. Quyida ana shunday avtomobillar ro‘yxati bilan tanishish mumkin.

1. Ecto “Arvoh ovchilari”ning uchinchi mashinasi. 80-yillarda chiqqan ikkita filmdagi singari qahramonlar Cadillac modelini tanlashdi.

2. Bu avtomobilning avvalgilardan farqi orqa fondagi o‘zgarishdir. Unda “suzuvchi akula” timsoli yo‘q. Bundan tashqari mashinaning maxsus tovushi ham o‘zgartirilgan va tom qismi jihozlar bilan boyitilgan.

3. Ushbu kinokomediyaning avvalgi qismlaridan eng katta farqi bu galgi qahramonlarning barchasi ayollardan iboratligidir. Kartinaning jahon premerasi 2016 yilning 11 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

4. “Forsaj 8” filmini suratga olish ishlari nafaqat AQShda balki dunyoning boshqa nuqtalari, masalan, Islandiyada ham davom ettirilmoqda. Shu bois filmda qatnashuvchi ayrim mashinalarda Ice so‘zi paydo bo‘lgan. Masalan, suratdagi mashina Dodge Ice Charger bo‘lib, bosh qahramon Dominik Torettaning ulovi hisoblanadi.

5. Yana bir muz mashina – zanjir g‘ildirakli Ice Ram. Bu filmdagi Lyuk Xobbs avtomobili hisoblanadi.

6. Tedj Parker zanjir g‘ildirakli Ripsaw mashinasini boshqaradi. Uni bezatilgan tank desa ham bo‘ladi. Uni aynan shu nom bilan AQShning Howe and Howe Technologies kompaniyasi nomlagan. Kamida u pulemyot bilan ham boyitilgan.

7. Letti Ortis esa AQShning Local Motors kompaniyasi taqdim etgan 430 ot kuchiga ega Rally Fighter’ni boshqaradi.

8. Roman Pirsning Lamborghini Murcielago avtomobili. “Forsaj 8” premerasi 2017 yilning 14 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.  

9. “Transformerlar” filmining beshinchi qismida qatnashadigan yangi politsiya mashinasi Ford Mustang. Bu sportkar robot Barrikeydga taalluqli bo‘ladi. Film rejissyori Maykl Beyning aytishicha, bu mashina xizmat qilish yoki himoya qilish uchun emas, balki jazolash uchun harakatlanadi.

10. Yangi Chevrolet Camaro Bamblbiga tegishli bo‘ladi.  “Transformerlar”ning beshinchi qismi 2017 yilning 23 iyun kuni katta ekranlarga chiqadi.

11. “Betmen Supermenga qarshi: Adolat ufqi” filmidan keyin hech bir joyi o‘zgarmagan Betmobil “Jonidan to‘yganlar guruhi” filmida ham ishtirok etdi.

12. “Jonidan to‘yganlar guruhi” filmidagi Joker Infiniti G35 mashinasini boshqaradi. 

13. Kartina premerasi 2016 yilning 3 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

14. “Adolatparvarlar ligasi” filmida ishtirok etadigan Betmobil mana shunday ko‘rinishda bo‘ladi. Kartina 2017 yilning 17 noyabr kuni katta ekranlarga chiqadi.

15. O‘yinchoqli “Lego Film: Betmen” 2017 yilning 10 fevralida katta ekranlarga chiqadi va film bosh qahramoniga komik aktyor Zak Galifianakis ovoz bergan.

Teglar