AQSh elchixonasi Twitter’dagi “layk” uchun Turkiya TIVdan kechirim so‘radi

  • 19:30 / 06.10.2019
  • 605

Foto: AP Photo / Burhan Ozbilici

AQShning Turkiyadagi elchisi o‘rinbosari diplomatik vakolatxonaning Twitter’dagi xatti-harakatlari sababli Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.


“Undan elchixonaning ijtimoiy tarmoqlardagi kechagi xabari bo‘yicha izoh berishi so‘raldi”, – degan agentlik manbasi.  

Shanba kuni AQShning Anqaradagi elchixonasi Turkiya milliy harakat partiyasi rahbari Davlat Boxchalining iste’fosi talab qilingan twitga “layk” bosgan. 

Diplomatik missiya ertasi kuni ushbu holatni xato deb baholab, kechirim so‘radi.

Ma’lumot uchun, Boxchali boshchiligidagi Milliy harakat partiyasi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi bilan siyosiy ittifoqda.

Teglar