AQSh Eronga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalarni bir shart bilan bekor qiladi

  • 18:31 / 30.03.2021
  • 49

AQSh yadroviy dastur bo‘yicha Eronga nisbatan qo‘ygan sanksiyalaridan bitta shart bilan voz kechishga tayyor. 

Shartga ko‘ra, Eron yadro faoliyatini to‘xtatishi va uran qazib olishni 20 foizgacha kamaytirishi kerak bo‘ladi. 

Avvalroq, Tehron bunday shartni adolatsiz deb hisoblab, uning o‘rniga uran qazib olishni bir oyga to‘xtatish evaziga barcha sanksiyalarni bekor qilishni so‘ragan. 

Bu bo‘yicha AQSh va Eron bir necha haftadan beri muzokaralar olib bormoqda.