AQSh inson huquqlari faollari jurnalistlar bilan sodir etilgan hodisalarni o‘rganmoqda   

  • 12:27 / 16.06.2020
  • 305

Inson huquqlari faollari AQShda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarini yorituvchi jurnalistlar bilan bo‘lgan 430dan ko‘proq hodisani o‘rganmoqda, deyiladi U.S. Press Freedom Tracker – mustaqil jurnalistlarning bir necha guruhini birlashtirgan notijorat tashkilotining Twitter’dagi xabarida. Twitter’da e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 430 holat o‘rganilmoqda. Ulardan 59tasi qamoq, 92tasi hujum (shundan 57tasi politsiya tomonidan), 54tasi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazning qo‘llanilishi, 32tasi garmdori sepilishi, 90tasi rezina o‘q qo‘llanilishi, 57tasi muharririyat binosi yoki uskunalarga zarar yetkazish va 46tasi har xil boshqa holatlar deb aytilmoqda.  
 
Eslatib o‘tamiz, AQSh bo‘ylab keng quloch yoygan norozilik va tartibsizliklarga Minneapolisda afroamerikalik Jorj Floydning politsiya zo‘ravonligidan vafot etgani sabab bo‘lgan edi. Internetda politsiyachilarning Floydning qo‘liga kishan taqqani, 3 nafar politsiyachi uni yerga yiqitgani, ulardan biri esa tizzasi bilan bo‘g‘ib turgani, Floydning bir necha marta nafas ololmayotganini aytagni va jimib qolgani aks etgan video keng tarqalgandi. Bir politsiyasi qotillikda, qolgan 3 nafar politsiyachi esa – qotillikka ko‘maklashganlikda ayblandi.