AQSh JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatdi

  • 08:41 / 15.04.2020
  • 304

Donald Tramp AQSh Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST)ni moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtatganini e’lon qildi.
Bu holat AQSh JSSTning koronavirus pandemiyasi inqiroziga qanday reaksiya bildirganini o‘rganib chiqquniga qadar davom etadi.
Trampga ko‘ra, AQSh 60-90 kun muddat ichida tashkilotning “boshqaruvdagi no‘noqligi”ni va “koronavirusning tarqalishidagi roli”ni o‘rganib chiqadi.
AQSh aviaqatnovlarga cheklov qo‘ygani va Xitoyni “o‘ta ochiqlik”da ayblagani uchun Oq uy rahbari Xitoy tarafini olgan JSSTni tanqid qilgan.
Tramp AQSh JSST byudjetiga 400-500 million yevro to‘lashi, bu summa Xitoyning a’zolik badalidan o‘n baravar ortiq ekanligini aytgan.
Dpa agentligi ta’kidlashicha, Trampning tanqidlari ba’zi ekspertlarning fikrlariga asoslangan. Epidemiyaning dastlabki bosqichida JSST Xitoy bergan ma’lumotlarga ishonib Tayvanning koronavirus odamdan odamga o‘tishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni rad qilgandi. Tramp Xitoyga ortiqcha ishonish oqibatida koronavirusdan 20 baravar ortiq odam kasallangan.