AQSh mamlakat iqtisodiyotiga ikki trillion dollar yo‘naltirmoqchi

  • 11:15 / 26.03.2020
  • 64

AQSh Senati 26-mart kuni koronavirus epidemiyasi oqibatlari tufayli mamlakat iqtisodiyotiga yordam paketi ajratishni tasdiqladi. Bu haqda DW xabar berdi.
Ushbu bir martalik yordam paketi naq 2 trillion AQSh dollarini tashkil qiladi.
Ushbu paket o‘z ichiga ishsizlarga nafaqa berish, biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun kredit dasturi va shifoxonalarni moliyalashtirishga ajratiladi. Mutaxassislar buni urushdan keyingi mamlakat tarixida bir martalik eng yirik yordam paketi bo‘lishini aytishmoqda.
Yordam paketi Vakillar palatasi orqali o‘tishi va prezident uni imzolashi kerak bo‘ladi. Donald Tram uni darhol imzolashini ma’lum qildi.