AQSh o‘z uchuvchilariga soqol qo‘yish, xijob va salla o‘rashga ruxsat berdi

  • 15:28 / 14.02.2020
  • 140

Amerika harbiy havo kuchlari o‘z siyosatini o‘zgartirib, harbiy xizmatchilarning liboslarini qaytadan ko‘rib chiqdi. Ya’ni endi uchuvchilar nafaqat soqol o‘stirishlari, balki salla yoki xijob o‘rashlari ham mumkin. Shu yo‘l bilan AQSh musulmon va sikxlarga imkoniyat yaratdi va o‘z e’tiqodlariga sodiq qolishga yordam berdi.
Pentagonning ushbu qarori ko‘pchilik musulmonlar tomonidan iliq kutib olingan. 
Inson huquqlari himoyachilari boshqa harbiy bo‘linmalarda ham bunga ruxsat berilishiga erishishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq harbiylar salla va xijob o‘rash uchun boshliqlarga ariza bilan murojaat etishlari lozim edi. Bu arizani ko‘rib chiqish esa bir necha kun vaqt olardi.
“Uzbekistan Airways” ham 2020-yil 14-fevralidan boshlab uchuvchilar va bortkuzatuvchilarning yangi formasini taqdim etdi.

Teglar