AQSh va Yevropa Ittifoqi Turkiyaning Suriyadagi amaliyotiga qarshi

  • 12:13 / 10.10.2019
  • 207

Foto: Reuters

Donald Tramp AQSh Suriyadagi Turk operatsiyasini ma’qullamasligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara tinch aholini himoya qilish va gumanitar inqirozning oldini olish majburiyatini bo‘yniga olgan. “Ularning bu majburiyatlarni qanday bajarayotganlarini ko‘ramiz”, – deydi Tramp.

O‘z navbatida Yevropa Ittifoqining barcha – 28 davlati Turkiyadan operatsiyani to‘xtatishni talab qildi. Yevropa komissiyasi rahbari Jan-Klod Yunker “harbiy harakatlar yaxshilikka olib kelmaydi”, – degan. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Anqarani bu ishdan qaytishga chaqirmoqda. Uning ta’kidlashicha, Turkiya o‘z xavfsizligidan haqli ravishda qo‘rqadi.


– “Umid qilamanki, Turkiya ehtiyotkorlik bilan harakat qiladi va Suriya shimolida amalga oshirilgan barcha tadbirlar mutanosib bo‘lishi uchun imkoniyatlarni ishga soladi. Biz umumiy dushman IShIDga qarshi kurashda yutuqlarimizni xavf ostiga qo‘ymasligimiz kerak”, – deya BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Suriyaning shimolidagi voqealar yuzasidan chuqur xavotir bildirgan. 

Xabarlarga ko‘ra, bugun, payshanba kuni BMT Xavfsizlik Kengashi mintaqadagi vaziyatni muhokama qiladi.

Teglar