AQSHda samolyotlarga MacBook Pro noutbuklarini olib chiqish taqiqlandi 

  • 09:54 / 14.08.2019
  • 216

AQSH fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi (FAA) aviakompaniyalarga samolyotlar bortiga Apple kompaniyasining 2015-2017-yillarda ishlab chiqarilgan MacBook Pro noutbuklarini olib chiqishni taqiqladi. Bu haqda The Hill xabar bermoqda.

Ushbu qaror Apple Incʻs ekrani diagonali 15 dyuymli MacBook Pro noutbuklarining baʼzi modellari batareyalari qizib ketishi va bu alangalanishga olib kelishi mumkinligi sababli qaytarilib olishini xabar qilgandan keyin qabul qilingan.

“FAAʻga baʼzi Apple MacBook Pro noutbuklarida qoʻllangan batareyalar qaytarib olingani maʼlum. Aviakompaniyalar bu haqda ogohlantirilgan”, deb aytgan FAA vakili.