AQShda vaziyat keskinlashmoqda. Namoyishlar kamida 30ta shaharga tarqaldi

  • 22:12 / 31.05.2020
  • 344

Minnesota shtatida qora tanli erkak politsiya qo‘lida halok bo‘lishi ketidan boshlangan namoyishlar AQShning kamida 30 shahriga tarqaldi. Jumladan poytaxt Vashingtonda ham tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi.

Prezident Donald Tramp esa tinch namoyishlarni qo‘llab-quvvatlashini, lekin vaziyat tartibsizlikkacha yetib borishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini bildirgan.

“Twitter” ijtimoiy tarmog‘i Tramp yozgan tvitlardan birini “zo‘ravonlikni ulug‘lash” deya hisoblab, unga ogohlantirish berdi. Bunga prezidentning “talonchilik boshlansa, namoyishchilar otiladi” degan ma’nodagi, irqchilik ruhidagi iborani yozgani sabab bo‘ldi.

Minnesota shtati, Minneapolis shahridagi voqeada oq politsiyachi qora tanli Jorj Floydni hibsga olib, yetga yotqizib, bo‘yniga tizzasi bilan qariyb 9 daqiqa bosib turgan. Floyd vafot etgan.

Mobil telefonda yozilgan videoda “Nafas ololmayapman” deb aytayotganini ko‘rish mumkin.