AQShning Iroqdagi aviabazasi yoniga ikkita raketa kelib tushdi 

  • 14:20 / 05.04.2021
  • 68

AQShning mamlakat harbiylari joylashtirilgan Iroq aviabazasi yoniga ikkita raketa kelib tushdi. Hodisa oqibatida jabr ko‘rganlar yo‘q ekani aytilmoqda. 

Hujum Saloh-ad-Din viloyatida amalga oshirilgan. Raketalarning esa Diyala viloyatidagi Ad-Dojama hududidan uchirilgani aniqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilganidan keyin yanvar oyida Iroq parlamenti xorij qo‘shinlarining mamlakat hududidan chiqib ketishi masalasini ovozga qo‘ygan edi. Buning natijasida amerikalik harbiylar ayrim obyektlarni iroqlik hamkasblariga qaytarganlar.