AQShning Kongress binosiga hujum uyushtirildi

  • 12:00 / 03.04.2021
  • 69

Joriy yilning 2-aprel kuni Kongress binosi shimoliy nazorat o‘tkazish qismidagi to‘siqlarni noma‘lum shaxs mashinada buzib  kirgan. 

Shundan so‘ng u mashinadan tushib, pichoq bilan politsiyaga hujum qilgan. 
Politsiyachilar unga qarata o‘t ochishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda NBC News.

Hujumchi olgan jarohati tufayli kasalxonada vafot etgan. Otishmada ikki politsiyachi jarohat oldi, ulardan biri vafot etdi.

Kapitoliy xavfsizlik xizmati xodimlari xabar berishicha, hujum qilgan shaxsning biron bir ekstremistik guruhga aloqasi yo‘q. 
Hozirda vaziyat nazorat ostida.