AQShning Virjiniya shtatidagi maktabda otishma ro‘y berdi

  • 14:05 / 21.09.2021
  • 147

AQShning Virjiniya shtatidagi Nyuport-Nyus okrugidagi maktabda otishma ro‘y berdi. Bu haqda Ria Novosti xabar bermoqda. 

Manbada aytilishicha, otishmada ikki nafar maktab o‘quvchisi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. 

Mahalliy politsiya vakillari jabrlangan va gumondor shaxslar bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor qilmagan.

Ma’lumot uchun, so‘nggi paytlarda Qo‘shma Shtatlarda o‘qotar qurol bilan bog‘liq hodisalar ko‘payib, jumladan, 2020-yilda 43 ming amerikalik o‘qotar qurol tufayli halok bo‘lgan.