AQShning yadro quroli hajmi oshkor qilindi

  • 11:22 / 01.05.2019
  • 558

AQSh taxminan 3,8 mingta yadroviy kallakka ega, ulardan 1750 tasi ballistik raketalar va strategik bombardimonchilarda o‘rnatilgan. 2050 ta jangovar kallak zarurat holatiga zaxirada saqlanadi. Bu haqda The Bulletin of the Atomic Scientiss nashrida chop etilgan tadqiqotda ma'lum qilingan

Tadqiqotchilarning baholashicha, 1,3 mingta kallak qit'alararo ballistik raketalarda, 300 ta aviabomba AQSh harbiy bazalaridan srategik bombardimonchilarda yetkazish uchun mo‘ljallangan, yana 150 ta aviabomba Yevropada saqlanadi.

Bundan tashqari, 2,4 mingtaga yaqin eskirib qolgan kallak jangovar navbatchilikdan olingan va 2030 yilgacha utillashtirilishi kerak.

Shuningdek, 400 ta kallak Minuteman III qit'alararo va 890 tasi Trident II D5 suv osti ballistik raketalarida o‘rnatilgan.

Kirtlenddagi (Nyu-Meksiko shtati) yer osti omborida eng ko‘p miqdorda jangovar kallak saqlanadi. U yerda 2475 ta kallak bor. Shuningdek, Texasdagi Pantex zavodida 1785 ta kallak utillashtirilishini kutmoqda. Vashington shtatida 1620 ta kallak bor bo‘lib, bu yerda Tinch okeani strategik qurol majmuasi va Kitsap harbiy-dengiz bazasi joylashgan.

Rossiya va AQSh tomonidan 2010 yilda imzolangan strategik hujumkor qurollarni qisqartirish va cheklash choralari haqidagi kelishuvga ko‘ra, tomonlardan har biri yadroviy qurolini 7 yildan keyin qit'alaro ballistik raketalari, suv osti kemalari va og‘ir bombardimonchilardagi ballistik raketalari 700 tadan, pusk qurilmalaridagi kallaklar 2350 tadan oshmaydigan qilib qisqartirishi lozim.       

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp yadro qurolidan voz kechishga chaqirgan va AQSh, Rossiya va Xitoy shunga amal qilishi kerakligini aytgan.

Teglar