Argentina prezidenti koronavirusga chalindi 

  • 10:40 / 03.04.2021
  • 56

Argentina prezidenti Alberto Fernandes koronavirusga chalindi. Davlat rahbari bu haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan. 

"Men antigenlarni aniqlash uchun test topshirdim va natijada musbat javob chiqdi", deb yozdi prezident o‘z sahifasida.

Ma’lum bo‘lishicha, Alberto Fernandes kasallikni isitma va yengil bosh og‘rig‘i kabi alomatlar bilan o‘tkazmoqda.