Arktikada harakatlanuvchi shaharlar qurish taklif etildi

  • 19:30 / 27.03.2021
  • 78

Rossiya davlatining faxriy professori Vitaliy Troshin ilmiy anjumanda Arktikada harakatlanuvchi shaharlar qurishni taklif qildi. 

Uning fikricha, bunday shaharlar yer qatlamiga kuchli bosim o‘tkazmaydi. Olim bu g‘oyasini Arktika kelajagiga doir anjumanda ilgari surgan.

Troshinning “ko‘chma yashash joyi” deb nomlangan konsepsiyasiga ko‘ra, 120 tonnalik yuk og‘irligi bir kvadrat metr yerga 130 gramlik bosim beradi. Bu bitta bug‘uning qadamidan beriluvchi bosimga teng bo‘ladi.

Shuningdek, bunday inshootlar relslarda harakatlanib, yerdan uch-to‘rt metr balandlikka ko‘tarilgan holda tundra bo‘ylab soatiga to‘rt kilometr tezlikda harakatlanadi.

Olimning g‘oyasi anjuman ishtirokchilari tomonidan ma’qullandi.