Toshkent

  • 01/04. 11:00
  • 64
"Qo‘yliq" ko‘prigi 20 kunga yopildi

Toshkentning Qo‘yliq dahasidagi ko‘prik 20 kunga yopildi. Bu haqda Toshkent shahar  hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

  • 31/03. 19:30
  • 55
Toshkent – Nyu-York – Toshkent yo‘nalishida haftada ikki marta aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways 22-apreldan har payshanba Toshkent – Nyu-York – Toshkent muntazam reyslarni qayta joriy qilmoqda.

  • 31/03. 17:55
  • 52
“Beldirsoy oromgohi”, “Sijjak” dam olish maskani va boshqa qator davlat obyektlari sotuvga chiqarildi

Davaktiv agentligi “Beldirsoy oromgohi”, “Sijjak” dam olish maskani, “Poytaxt biznes majmuasi”, “Ichan qal’a” mehmonxonasi, “Malika” savdo majmuasi hamda sobiq Respublika birjasi bo‘yicha ommaviy savdo jarayonlari boshlanganini e’lon qildi. 

  • 30/03. 10:46
  • 51
Toshkent xalqaro aeroportida "Xizbut-tahrir"ga aloqadorlikda ayblanayotgan shaxs ushlandi

IIV xodimlari tomonidan, joriy yilning 18-fevral kuni “Novosibirsk-Toshkent” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan, 1996-yilda tug‘ilgan Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida doimiy ro‘yxatda turuvchi X.R. bilan surishtiruv ishlari olib borildi.

  • 30/03. 08:28
  • 67
“Toshkent shahar fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Bu haqdagi Hujjat loyihasiga ko‘ra, mazkur ko‘krak nishoni har yili Mustaqillik bayrami arafasida Toshkent shahar hokimi (yoki Toshkent shahar hokimi vakolat bergan boshqa shaxslar) tomonidan shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shgan shuningdek, Toshkent shahridagi mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan fuqarolarga, keng jamoatchilik vakillariga tantanali vaziyatda topshiriladi.

  • 29/03. 19:00
  • 52
Yunusobodda vafot etgan besh nafar talabaning o‘limi sabablari aniqlandi

Toshkent shahrida vafot etgan besh nafar andijonlik talaba is gazidan o‘tkir zaharlanish natijasida nafas va yurak qon tomirlari yetishmovchiligidan vafot etgan. 

  • 29/03. 13:56
  • 68
Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Kamalov Azamat Jamalovich Toshkent viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

  • 29/03. 13:32
  • 56
IIV ijtimoiy tarmoqlar orqali bir jinslilar nikohiga targ‘ib qilib, tarafdorlarini har juma kuni Toshkent shahrining Hastimom masjidi yoniga to‘planishga chaqirgan Bozorov Miraziz yuzasidan munosabat bildirdi

“Buzg‘unchi tashqi kuchlar va g‘arazli niyatdagi turli xalqaro nohukumat tashkilotlar ko‘magi va qo‘llovi ostida harakat qilayotgan ushbu shaxs besoqolbozlik va shu kabi salbiy illatlarning O‘zbekiston qonunchiligida taqiqlangan bo‘lishiga qaramasdan uni ommaviy targ‘ib qilishga harakat qilgan va fuqarolarda norozilik, toqatsizlik kayfiyati shakllanishiga sharoit yaratib bergan”, deyiladi rasmiy munosabatda.

  • 29/03. 12:12
  • 52
LGBT targ‘ibotchisini o‘z uyi oldida do‘pposlab ketishdi. Aybdorlar qidirilmoqda

Toshkent shahar IIBB o‘zining twitter’dagi akkaunti orqali LGBTni targ‘ib qilib kelgan Bozorov Miraziz Mirzajon o‘g‘lining kaltaklangani yuzasidan munosabat bildirdi.

  • 27/03. 18:00
  • 109
O‘zbek-Xitoy vaksinasi O‘zbekistonga olib kelindi

Hozirgina Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda 3-bosqich sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgan, o‘zbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining 1 million dozasi Xitoydan Toshkentga olib kelindi.

  • 27/03. 14:32
  • 93
Toshkentning 10ta ko‘chasida pulli “stoyanka” lar quriladi

Hukumatning Toshkent shahri markaziy ko‘chalarida pulli avtomobil to‘xtash joylarini tashkil etishga oid qarori loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, mazkur parkomatlar davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

  • 27/03. 09:40
  • 191
Toshkentda xalqaro marafon sabab bir necha ko‘chalar avtotransport vositalari harakati uchun yopiladi

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, III Toshkent xalqaro marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi ko‘chalar transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi:

  • 26/03. 14:30
  • 48
Toshkent materialshunoslik universiteti tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi bilan xususiy oliy ta'lim muassasasi – Toshkent materialshunoslik universiteti tashkil etiladi.

  • 26/03. 12:04
  • 49
Toshkentda shifokor ayol kaltaklandi

2021-yilning 24-mart kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya qabul bo‘limidagi navbatchi shifokor oldiga Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi U.N. bemor sifatida onasi hamrohligida kelgan. Bemorning onasi navbatchi shifokor N.Toshpo‘latovaga o‘g‘li bir necha kundan beri spirtli ichimlik ichayotganligini bildirgan. Shifokor esa boshqa bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan bandligini va oldingi bemorlar tugashi bilan U. N. ga kerakli yordam ko‘rsatishini bildirgan. 

  • 26/03. 09:10
  • 84
O‘zbekiston – Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya  va demarkatsiya  qilish bo‘yicha qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2021-yil 24–25-mart kunlari Toshkentda O‘zbek-Qirg‘iz hukumatlari delegatsiyalarining O‘zbekiston – Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya  va demarkatsiya  qilish bo‘yicha qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.