Xabar

  • 06/04. 09:40
  • 150
O‘zbekistonga Rossiyadan 20ta tez yordam mashinasi olib kelindi 

O‘zbekiston SSV buyurtmasiga binoan mamlakatga tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan 20ta yangi avtomobil olib kelindi.  Gorkovskiy avtozavodida ishlab chiqarilgan mashinalarni topshirish marosimi INNOPROM Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan. 

  • 06/04. 09:00
  • 59
Iordaniya shahzodasi uy qamog‘iga joylashtirildi 

Iordaniya qiroli Abdulla II ning o‘gay ukasi Hamza bin Husayn “xorijiy kuchlar” bilan til biriktirib, davlat to‘ntarishini amalga oshirmoqchi bo‘lgani uchun uy qamog‘iga joylashtirildi. Sobiq valiahd esa bu ishga bosh qo‘shganini inkor qilmoqda. 

  • 05/04. 21:30
  • 46
Metroda to‘y sahnasini uyushtirganlarning shaxsi aniqlanib, jazoga tortiladi

Toshkent shahar IIBB poytaxt metropoliteni vagonida “to‘y marosimi” o‘tkazgan bir guruh yoshlarning shaxsini aniqlashtirmoqda. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov ma’lum qilgan.

  • 05/04. 21:00
  • 51
Megan Marklni tanqid qilib televideniye bilan “xayrlashgan” jurnalist o‘z ishiga qaytdi 

Shahzoda Garri va Megan Marklning shov-shuvli intervyusini tanqid qilib ishdan haydalgan jurnalist Pirs Morgan televideniyeda qaytadan ish boshladi. 

  • 05/04. 20:30
  • 64
Nukusda talabani pichoqlagan shaxs qamoqqa olindi

2021-yil 2-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi fuqaro U.T. Nukus shahri 36-maktab yonida o‘zi bilan olib kelgan xo‘jalik pichog‘i bilan tanishi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti talabasi S.S. (qiz)ni orqa qismiga 3 marta pichoq urgan hamda voqeaga guvoh bo‘lgan T.A. (erkak)ga ham jarohat yetkazib, voqea joyidan qochib ketgan.

  • 05/04. 19:30
  • 44
Yunusobod tumani IIBga keltirilgan fuqaro ham bir kun o‘tib vafot etgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqda, tarqalgan 41 yoshli Aleksandr Bocharovning Yunusobod tumani IIBga keltirilganidan so‘ng vafot etgani haqidagi xabar yuzasidan IIV Matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, haqiqatdan, 1-aprel kuni soat kechki vaqt muqaddam sudlangan 3 nafar fuqaro, jumladan, Aleksandr Bocharov so‘rov olib borishlik uchun Yunusobod tumani 3-sonli IIBga keltirilgan. 

  • 05/04. 19:10
  • 49
Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi sobiq bosh shifokori G.Yuldashovaga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Bugun, 5-aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudida Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi sobiq bosh shifokori Guljahon Yuldashova va boshqalarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

  • 05/04. 18:20
  • 85
5-aprel – Xalqaro sho‘rva kuni 

Bunday noodatiy bayram mavjud ekanligi haqida bilarmidingiz? Mazkur bayram sho‘rvaning inson salomatligi va kundalik turmush tarzidagi muhim o‘rnini yaqqol namoyish qilib beradi.  

  • 05/04. 17:55
  • 76
Xalid Ergench uchinchi bor ota bo‘ladi 

Taniqli turk aktyori Xalit Ergench va aktrisa Berguzar Korel uchinchi bor ota-ona bo‘lish baxtiga erishadilar. Bu xaqida Berguzar Korelning o‘zi ma’lum qilgan.

  • 05/04. 17:30
  • 68
Davlat organlariga maxsus texnikalar xaridi uchun qariyb 2 trln so‘m ajratiladi

2021–2023-yillarda davlat organlari tomonidan jami 2 770 ta texnikalar xarid qilinadi va ushbu maqsadlar uchun 1,934 trln so‘m ajratiladi. Bu borada Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

  • 05/04. 17:05
  • 61
Zuhra Soliyeva: “Erimga bolali bo‘lishni xohlayman deganimda meni tepgan”

Aktrisa Zuhra Soliyeva sobiq turmush o‘rtog‘idan ko‘rgan zulmi va undan muntazam ravishda kaltak yegani haqida gapirib berdi. 

  • 05/04. 16:40
  • 62
Fransiyalik bolakay bog‘dan Birinchi jahon urushi davriga oid granata topib oldi 

Fransiyalik 8 yoshli bolakay Lion hududi yaqinidagi Tassan la Demi Lyun kommunasida joylashgan oilaviy bog‘idan Birinchi jahon urushi davriga oid granata topib oldi. Granatani zararsizlantirish uchun voqea joyiga sapyorlar guruhi yetib kelgan. 

  • 05/04. 16:24
  • 61
7-apreldan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlanadi

5-aprel kuni Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida 2020-2021 yildagi isitish mavsumini yakunlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

  • 05/04. 15:45
  • 49
Jizzaxda Renault Avtovaz avtomobil zavodi quriladi

Joriy yilda Jizzax viloyati hududida Renault Avtovaz avtomobil zavodining qurilishi va ishga tushirilishi ko‘zda tutilmoqda.

  • 05/04. 15:22
  • 107
Angren va Bo‘stonliq IIBlarida sanitariya tadbirlarini ta’minlash bo‘yicha bo‘linmalar tashkil etiladi

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, bu borada joriy yilning 15-mayiga qadar Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi.