Sayohat

  • 25/08. 17:34
  • 378
Kopengagen dunyodagi eng xavfsiz shahar deb tan olindi

Reytingdagi ikkinchi oʻrinni Toronto, uchinchi oʻrinni esa Singapur shaharlari band etdi.

  • 24/08. 20:35
  • 359
Sanʼat asari deb atash mumkin boʻlgan 7 muzey

Odamlar muzeylarga ekspozitsiyalarni tomosha qilish, yangi narsalarni bilib olish uchun tashrif buyurishadi, muzey eksteryeriga esa deyarli hech kim eʼtibor qaratmaydi. Dunyoda sanʼat asari deb atasa arziydigan muzeylar juda koʻp. Ularning koʻrinishi mehmonlarni bino ichidagi eksponatlar kabi hayron qoldiradi.

  • 24/08. 11:49
  • 283
O‘zbekiston temir yo‘llari o‘zbekistonlik sayohatchilar uchun bayram chegirmalarini e’lon qildi

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 1–3-yanvar va 21–23-mart kunlarida ham bayram chegirmalari qo‘llanilgan.

  • 18/08. 17:32
  • 457
Dunyodagi eng mashhur suv osti mehmonxonalari

Zamonaviy sayyohlarni oddiy mehmonxonalar bilan hayron qoldirib boʻlmaydi, suv ostida joylashgan xonalarni esa mehmonxonalarning hammasi ham oʻz mijozlariga taqdim qila olmaydigan noyob taklif desa boʻladi.

  • 16/08. 20:21
  • 716
Nima uchun Urugvaydagi Garson koʻprigi aylana shaklda qurilgan?

Zamonaviy koʻpriklar suv havzalarining ikkita qirgʻogʻini bir-biriga bogʻlaydigan muhandislik inshootidan dizaynerlik sanʼati namunalariga aylandi. 2015 yilda Urugvayda barpo qilingan Garson koʻprigi – mana shunday inshootlardan biri hisoblanadi. Kichik koʻrfaz ustiga qurilgan koʻprikning aylana shaklda ekanligi koʻpchilik odamlarga gʻalati tuyulgan, sababi uni qurish uchun katta sarmoya talab qilinardi. Bundan tashqari, murakkab tuzilishdagi koʻpriklar avtomobil gavjum boʻlgan joylarda deyarli qurilmaydi.

  • 13/08. 13:35
  • 564
Nima uchun dunyodagi eng toza koʻlda choʻmilishga ruxsat berilmaydi?

Yangi Zelandiya mamlakati hududida, dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan Rotomayrevenua koʻli ikkita jihati bilan butun dunyoga mashhur boʻlgan. Ulardan bittasi – koʻlning oʻta toza ekanligi hisoblanadi. Ikkinchisi – koʻlga yaqinlashish taqiqlab qoʻyilgani. Ushbu taqiqlarning sababi nimada? Nima uchun sayyohlar dunyodagi eng toza koʻlda choʻmila olmaydilar? Yoki koʻlda choʻmilish odam hayoti uchun qandaydir xavf tugʻdiradimi?

  • 11/08. 16:40
  • 242
“Disney” kompaniyasi “Yulduzlar jangi” uslubida mehmonxona ochadi (video)

Kompaniya mehmonlarga ajoyib va interfaol mashgʻulotlarni vaʼda qilgan. Inshoot 2022-yilning bahor faslida rasman ochilishi rejalashtirilgan.

  • 06/08. 09:28
  • 310
Niderlandiyadagi odam tanasi muzeyiga sayohat

Muzey gʻoyasi gollandiyalik tadbirkor Xendi Remmersga tegishli boʻlgan. U loyihani ishlab chiqish uchun 12 yil vaqt sarflagan. Muzeyni qurish uchun 30 million dollar pul va bir yarim yil vaqt kerak boʻlgan.

  • 05/08. 07:08
  • 241
Kundalik tashvishlarni unutishga yordam beradigan noodatiy mehmonxonalar

Har birimiz vaqti-vaqti bilan tashvishlardan chalgʻish va asablarga dam berishni istaymiz. Bunday holatlar uchun eng yaxshi manzil – tabiat qoʻyni hisoblanadi. Tabiat qoʻynida dam olish asablarning tinchlanishiga yordam beradi, odamni kundalik muammolardan chalgʻitadi. Tashqi bosim tufayli oʻzingizni yomon his qilgan vaqtingizda oʻrmon ichidagi kichik kulbada, daraxt ustiga qurilgan uyda, suvda suzib yuradigan kapsula ichida boʻlib qolish qanday yaxshi!

  • 19/07. 15:37
  • 314
Betakror Tuvalu haqida qiziqarli 10 fakt

Tuvalu – Tinch okeanining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan kichikkina mamlakat. U hududida oʻta kam odam yashovchi dunyodagi uchta mamlakatning biri hisoblanadi. Tuvalu hududida bor-yoʻgʻi 11 000 kishi yashaydi, xolos.

  • 13/07. 11:10
  • 565
Sayyoramizning eng chuqur nuqtasi – Mariana botigʻi haqida 10 fakt

Tinch okeanining g'arbiy qismidagi ushbu chuqurlik moʻjizalarga toʻlib toshgan. Bu yerdagi suv bosimi haddan tashqari katta, shu sababli ham olimlar mazkur chuqurlikni bugungi qadar toʻliq oʻrgana olishmagan.

  • 11/07. 09:00
  • 333
Luvr muzeyi haqida 10 ta qiziqarli fakt

Luvr – dunyodagi eng katta muzeylardan biri hisoblanadi. Fransiyaning Parij shahrida joylashgan ushbu betakror maskanga har yili millionlab sayyohlar tashrif buyuradilar.

  • 04/07. 13:28
  • 618
Eskimoslar qanday hayot kechirishadi?

Eskimoslar kichik qishloqlarda hayot kechirishadi. Bitta oila tarkibida er-xotin va farzandlardan tashqari yaqin qarindoshlar, ota-onalar ham boʻlishi mumkin.

  • 01/07. 10:45
  • 513
Patagoniyaga sayohat qilish uchun 10 sabab (foto)

Patagoniya – Janubiy Amerika hududida joylashgan betakror geografik mintaqa. Uning bir qismi Chili, ikkinchi qismi Argentina hududidan oʻrin olgan.

  • 14/06. 16:55
  • 628
Hindiston haqida siz bilmagan 15 fakt

Hindiston oʻzida turli madaniyatlarni birlashtirgan sirli mamlakatlardan biri. Ushbu oʻlka haqidagi qiziqarli faktlar bilan tanishishni istaysizmi?