Arxitektor Frenk Geri tomonidan loyihalashtirilgan muzeylar

  • 21:27 / 11.06.2019
  • 533

Arxitektor Frenk Gerini dekonstruktivizm dahosi deb ataydilar. U chiziqlari egilgan va bukilgan, o‘z chiroyi bilan kishini hayratga soladigan binolarni yaratadi.

Frenk Geri zamonaviy arxitekturaga katta hissa qo‘shgan. Bugun arxitektorning beshta eng qiziq loyihasi haqida  so‘z yuritamiz.

Qurilayotgan inshootlarning juda oz qisminigina haqiqiy arxitektura deb atash mumkin.

Frenk Geri

Vitra mebel va dizayn muzeyi

Foto: Wikipedia

Bu loyiha arxitektorning Shtatlardan tashqaridagi ilk san'at asari bo‘lgan. Boshqa ko‘plab inshootlar orasida ajralib turuvchi ushbu bino darhol e'tiborni o‘ziga tortadi.

Devor va tomlarning singan ko‘rinishi, spiral shaklidagi zinapoya va oppoq devor shahar aholisiga zavq berdi.

Solomon Gugenxaym muzeyi

Foto: Wikipedia

Guggenheim Museum arxitektorga dunyo darajasidagi mashhurlikni olib keldi. Bu loyihada Geri dengiz mavzusini tasvirlash, ohak, shisha va titandan durdona asarni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Endilikda bu joy Ispaniyaning tashrif qog‘ozi hisoblanadi.

Binoni yaratish jarayonida muzeyning 3D-modelini yaratishga to‘g‘ri keldi. Bu qarorga kelish Frenk uchun oson bo‘lmadi. Chunki u arxitekturaga innovatsiyalar aralashuvini u qadar xushlamaydi.

Sietldagi musiqa muzeyi

Foto: Wikipedia

Jimi Xendriks muzeyni yaratishda arxitektorga ilhom bag‘ishladi. Har bir konsertidan keyin u o‘z gitarasini sindirardi. Dastlab bino katta ekranli konsert maydonchasidan iborat bo‘ldi. Keyin esa unga «Shon-sharaf zali» va «Ilmiy fantastika muzeyi» binolari qurildi.

Parijdagi Louis Vuitton jamg‘armasi muzeyi

Foto: Wikipedia

Bu bino 12 ta shisha yelkandan iborat. Tashqi ko‘rinishi ulkan aysbergni yodga soladi. Binoning bunday shaklda bo‘lishiga erishish uchun arxitektor betondan ishlangan innovatsion panellardan foydalangan.

Guggenheim abstrakt san'ati muzeyi

Foto: Wikipedia

Ushbu bino loyihasi 2007 yilda yaratilgan, biroq hozir uni qurish rejalashtirilmoqda. U Saadiyat yarim orolida joylashadi. Binoni Fors ko‘rfazining suvlari yuvib turadi.

Umid qilamizki, u haqiqatan ham qurib bitkaziladi va ko‘plab insonlarni betakrorligi bilan hayratga soladi.

Teglar