Aviayo‘lovchilar diqqat. “Uzbekistan Airways” ayrim yo‘nalishdagi yuk tashish stavkalarini o'zgartirdi

  • 11:48 / 28.04.2020
  • 216

 “Uzbekistan Airways” AJning “Toshkent-Minsk”, “Toshkent–Tbilisi” va “Toshkent–Istanbul” yo‘nalishlari bo‘yicha yuk tashish stavkalari to‘g‘risidagi ma’lumoti e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, “Toshkent–Minsk” yo‘nalishi bo‘yicha 1 kg. yukning tashish narxi:

Oddiy yuk (+100 kg) - 1,27 $
To‘qimachilik mahsulotlari (+500 kg) – 1,1$ 

“Toshkent–Tbilisi” yo‘nalishi bo‘yicha 1 kg. yukning tashish narxi:

Oddiy yuk (+100 kg) - 0,94 $
Meva-sabzavot mahsulotlari (+1000 kg) - 0,55 $
To‘qimachilik mahsulotlari (+500 kg) – 0,83 $

“Toshkent–Istanbul” yo‘nalishi bo‘yicha 1 kg. yukning tashish narxi:

Oddiy yuk (+100 kg) - 1,1 $
To‘qimachilik mahsulotlari (+500 kg) – 0,94 $ 

Shuningdek, yuqoridagi tariflar o‘z ichiga tashish harajatlari va yoqilg‘i uchun yig‘imlarni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, yuqoridagi tariflarga qo‘shimcha yig‘im undiriladi:

tashuvchi xisobiga aviavaraqa rasmiylashtiruvi uchun yig‘im - 30 000 so‘m (1 dona aviavaraqa), 
Yevroittifoq, Yevroiqtisodiy jamiyati va Isroil davlatlari bojxona xizmatlarini oldindan xabardor qilgani uchun - 35 000 so‘m (1 dona aviavaraqa);

Jo‘nab ketish aeroportiga aviatsiya xavfsizligi va yuk qayta ishlangani uchun yig‘im (“Uzbekistan Airports” AJ o‘rnatgan miqdorda)