Avtomobil texnik ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi uchun ma’muriy chora ko‘rilmaydi

  • 13:36 / 25.03.2020
  • 627

Joriy yilning 24-mart sanasidan boshlab Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Ma’muriy amaliyot, Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish, transport vositalrini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘lim va bo‘linmalarida fuqarolar qabuli vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati Xabardor.uzga ma’lum qildi.

 
Shuningdek, mazkur holatda avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkaza olmagan hamda texnik ko‘rikka taqdim qila olmagan fuqarolarga nisbatan vaqtincha ma’muriy choralar ko‘rilmasligi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tartib respublikada koronavirus kasalligi tarqalishini oldini olish bo‘yicha karantin joriy qilinganligi munosabati bilan vaqtinchalik muddatga joriy qilindi.