Аyni paytda UzCard kartalaridan foydalanishda nosozlik kuzatilmoqda. Tizim ishlamayapti. 

  • 12:20 / 04.04.2021
  • 86

Payme kompaniyasining 4-aprel kuni e’lon qilgan axborotida aytilishicha, butun respublika bo‘ylab UzCard tizimida, jumladan, to’lov tizimlari hamda terminallar bo‘yicha muammolar kuzatilmoqda.

“Iltimos, ehtiyot bo’ling. Hozircha UzCard kartasi bilan foydalanmasligizni tavsiya etamiz, keyinchalik pulni qaytarish muammosi bilan yuz kelmasligingiz uchun. Vaziyat o’zgargani haqida sizga xabar beramiz”, deyiladi Payme axborotida.