Ayol arzimagan pulga avtobus xarid qilib, uni haqiqiy jannatga aylantirdi

  • 16:25 / 08.08.2019
  • 192

Bizni hayratga soladigan joylarni borib ko‘rishni juda yaxshi ko‘ramiz. Ammo, yo‘llar bizni qayerga boshlamasin, o‘z uyimizda hordiq chiqarish zavqiga hech nima teng kela olmaydi.

Doimiy hamrohlik qiluvchi uy

Amerikalik yosh ayol arzimagan pulga 1966-yilda ishlab chiqarilgan avtobusni sotib olib, ko‘p pul sarflab uni o‘zi orzu qilgan sayohatchi uyga aylantirdi. 

Xarid qilingan avtobus mana bunday ko‘rinishda edi. 

Bu esa uning hozirgi ko‘rinishi. 

Hammasi eski mashinalar turadigan joydan boshlandi. Bu yerni poligon deb atab bo‘lmasdi. Chunki deyarli barcha mashinalar chiqqan yiliga nisbatan qoniqarli holatda edi. Eski oddiy avtobus achinarli ko'rinishiga qaramay, ichki tuzilishi yaxshi saqlangan edi. Qiz bu mashinaga nima kerakligini tushinib yetdi va darhol ishni boshlab yubordi. 

Jessi Lipkins mashinaning ustki ko‘rinishini o‘zgartirdi. Kerakli texnikalar bilan ta’minladi. Salonni esa trendda bo‘lgan uy jihozlari bilan bezatdi. Natijada avtobus ajoyib uyga aylandi. Endlikda Jessi uzoq safarga chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bunga shunchaki qoyil qolish kerak!

Rasmlarga qarab havasingiz keladi.

Salon xuddi qimmat mehmonxonalarning lyuks xonasiga o‘xshaydi. 

Ushbu mashina ko‘plab mamlakatlar bo‘ylab sayohat qilishiga ishonamiz.