Ayollar nega doim haq? Olimlar aniqlik kiritishdi 

  • 15:10 / 10.09.2019
  • 1262

“Ayollar doim haq” jumlasi ayol jinsi vakillarining deyarli yarmi uchun shior bo‘lsa, erkaklarning ko‘pchiligi buni umuman tan olishni istamaydi. Olimlar bu borada nima deydi?

Shvetsiyalik tadqiqotchilar nega erkaklarning ayollar bilan bahs boshlashi befoyda ekanligini aniqlashdi. Bu haqda Britaniyaning Daily Mail gazetasi yozmoqda.

Aniqlanishicha, ayollar turli predmetlarni erkaklardan ko‘ra, yaxshiroq eslab qolishadi. Masalan, “kim qachon nima degani” va “yo‘qolgan narsalar qayerdaligi”ni, shuningdek, qiyofalar hamda hidlarni yaxshi yodda saqlashadi. 

Ayollar rivojlangan epizodik xotira evaziga bu xususiyatga ega, uning yordamida turli vaqtdagi voqealarni eslab qolish mumkin.

Ekspert guruhi o‘z xulosalarini 1973-yildan 2013-yilgacha bo‘lgan davr mobaynida o‘tkazilgan 617 ta tadqiqot yordamida asoslab berdi. Tadqiqotlarda 1,2 million nafar ishtirokchi qatnashgan. 

Teglar