"Ayollarga erkaklar orasida o‘rin yo‘q!" – Tehronda muxlisalarning stadionga kirishiga qarshi miting bo‘lib o‘tdi

  • 10:51 / 08.10.2019
  • 272

Tehronda ayollarning futbol stadionlariga kirishiga qarshi miting bo‘lib o‘tdi. Miting Eron va Kambodja o‘rtasidagi Jahon kubogi saralash o‘yinidan uch kun oldin tashkil etildi. Eron Islom Respublikasi e’lon qilinganidan beri birinchi marta ayol muxlislar ushbu o‘yinni tomosha qilishmoqchi edi. Namoyishchilar fikriga ko‘ra, bu barcha eronliklarning hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkin.

– “Biz musulmon ayollarmiz va bo‘layotgan voqealardan bexabarmiz. Musulmon ayolning sharafi himoya qilinmaydi va bu bizga jiddiy ta’sir qiladi. Musulmon ayollarning obro‘si va qadr-qimmati ular faqat erkaklar makoniga kirsalargina buziladi”, – deydi ayollar.

Eronda ayollarni futbolga qabul qilish uchun kurash shu yilning sentabr oyi o‘rtalarida stadionga kelgani uchun qamoq jazosi bilan tahdid qilingan muxlisaning o‘zini yoqib yuborishi ortidan kuchaygandi. FIFA taqiqni bekor qilishni talab qildi. Eron rasmiylari payshanba kuni Kambodja bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv uchun ayollarga ham chiptalar sotishni boshlagan. Avvaliga muxlisalar uchun ikkita sektor ajratilgan edi, ammo bu joylar bir zumda sotilgani sababli, tribunalardagi ayollar zonasi ikki baravar oshirildi.

Teglar