Ayrim mahalliy aviaqatnovlar bekor qilindi 

  • 08:10 / 23.03.2020
  • 486

2020-yil 20–28-mart kunlari respublika ichidagi qatnovlarining jadvali o'zgartirildi, xabar bermoqda "Uzbekiston airways" kompaniyasi Matbuot xizmati

Ma'lum qilinishicha, yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida faqat jadvalda ko'rsatilgan qatnovlar amalga oshiriladi.

20–28-mart kunlari bo'lgan boshqa barcha qatnovlar O'zbekiston Respublikasi aeroportlarining ish rejasidagi cheklovlar tufayli bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 24-martdan shaharlararo jamoat transporti harakati vaqtincha cheklanishini ma'lum qilgan edik.