Ayrim tovar va vositalar bojxona boji va aksiz solig‘idan ozod etildi

  • 09:24 / 15.08.2019
  • 56

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi Farmoniga muvofiq, 

2023-yil 1-yanvarga qadar
 
yuridik shaxslar, ularning loyiha tashkilotlari, bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlari jahon standartlariga mos va zarur madaniy ko‘ngilochar infratuzilmalariga ega golf majmualarini barpo etish loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tovarlarni, shu jumladan, “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kirishda bojxona boji va aksiz solig‘idan;

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan dor (osma) yo‘llarini, “banji-jamping” va “ziplayn” attraksionlarini, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar,

gondolalar, “rafting” va “flaybording” uchun uskunalar, shuningdek, “buggy car”, faetonlar, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan (g‘ildirak ustidagi uylar) yoki kafe-furgonlarga aylantirilgan (“fudtrak”) yer usti transport vositalari bojxona boji va aksiz solig‘idan ozod etildi.