Bag‘dod tumanida soxta pul yasagan fuqaro qo‘lga olindi

  • 14:55 / 05.04.2021
  • 67

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani IIB JQB xodimlari tomonidan 2021-yil 1-aprel kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda Murod M., shartli fuqaroga 2 mln 700 ming so‘m evaziga 99 dona 100 ming so‘mlik kupyuradan iborat jami 9 mln 900 ming so‘m qiymatiga teng soxta pullarni sotayotgan vaqtida ushlangan.

Tergov davomida, Murod M.,ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, soxta pullarni tayyorlashda foydalanilgan bir dona “Lenovo” rusumli noutbuk va “NR” rusumli rangli printer hamda 5 ming so‘mlik kupyuradagi 200 dona jami 1 mln so‘m soxta pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Tergov bo‘limi tomonidan 36 yoshli Murod M.,ga nisbatan JKning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  
Hozirda tergov davom etmoqda.