Bakteriya va viruslar uyning qayerlarida ko‘proq uchraydi?

  • 12:36 / 14.09.2018
  • 5138

Terining har bir santimetrida 100 minggacha mikroorganizmlar “qo‘nim topadi”. Aksirganimizda bakteriya va virusli suyuq tomchilar deyarli bir metr masofaga uchadi.

— Mikroorganizmlar hayotining davomiyligi ko‘plab omillarga bog‘liq, - deydi Nyu-York univeriteti mikrobiologi Filip Terno. —Viruslar ko‘payishi uchun boshqa organizm hujayrasiga tushishi kerak. Shuning uchun undan tashqarida ular bakteriyalarga qaraganda kamroq yashaydi. Biroq ular uydagi turli yuza qismlarda yashashda davom etadi. Bakteriyalar esa organizmdan tashqarida ko‘payish qobiliyatiga ega, shuning uchun ko‘proq yashaydi.

Mikroblar hayotining davomiyligiga namlik va harorat ta'sir qiladi.

Hech bir bakteriya yoki virus namlik darajasi 10 foizdan kam bo‘lgan quruq joyda yashay olmaydi. Ular har qanday oziq moddalari – ovqat qoldiqlari, teri, qon, shilliq qavat hujayralari mavjud bo‘lgan joylarda faol ravishda ko‘payadi. Shuning uchun idish-tovoqlarni yuvish gubkasi  - mikroorganizmlarning hayoti uchun juda qulay joy.

Foto: guia-medica.net

Sil kasalligini chaqiruvchi Kox tayoqchasi tegishli bo‘lgan mezofillar bakteriyasi ko‘payadigan muhit xona haroratidir. Shuning uchun ham ular sovuq va iliq haroratni yaxshi ko‘radigan mikroorganizmlarga qaraganda uzoq yashaydi. Go‘sht qiymasida uchrashi mumkin bo‘lgan bakteriyalar xona harorati va normal namlikda bir necha soatdan bir necha sutkaga qadar yashaydi va oshqozon-ichak tizimining buzilishiga olib kelishi mumkin. Ichak grippini chaqiruvchi kalitsivirus esa bir necha kun va hatto haftalar davomida yashaydi. OIV  esa ochiq havoda deyarli darhol nobud bo‘ladi.

Noqulay sharoitga moslashish uchun ba'zi mikroorganizmlar mustahkam qobiqni shakllantiradi.

Bakteriyalarning bu holati spora deb nomlanadi. Spora holatidagi bakteriyalar ekstremal harorat va namlikka chidamli bo‘ladi.

Foto: pixabay

Masalan, yuqumli zaharlanish shoki, oshqozon-ichak tizimining buzilishi va yara infeksiyalarini qo‘zg‘atuvchi tillarang stafilokokk bakteriyasi ana shunday yo‘l tutadi. Terno so‘zlariga ko‘ra, stafilokok sporalari quruq kiyimda bir necha hafta davomida yashaydi va undagi teri qoldiqlari bilan oziqlanadi. Sibir yallig‘lanishini qo‘zg‘atuvchi antraks batsillasi esa spora holatida bir necha o‘n va hatto yuz yil yashaydi.

Xavotirga tushmang. O‘zingizni himoyalash maqsadida qo‘llaringizni tez-tez yuvib turing. Bu biror nima yuqtirish ehtimolini ancha kamaytiradi. Xavfli bo‘lgan yuza qismlar – eshik tutqichlari, oshxona stollari va rakovinani dezinfeksiya vositalari bilan doimiy ravishda arting.

Teglar