Baliq akulaning, akula yirtqich qushning qurboni bo‘ldi (foto)

  • 09:48 / 30.05.2018
  • 4944

Florida shtatida istiqomat qiluvchi fotosuratchi Dok Jon sohilbo‘yi bo‘ylab sayr qilayotgan paytida tirnoqlariga kichik akulani ushlab olgan yirik skopa (baliqxo‘r parranda)ni tasvirga tushirdi. U olingan suratlarni kompyuterda kattalashtirganida esa, akula ushlab olingan baliqni tutib turganini payqab qoldi.

«Men qachonlardir suratga olgan eng yaxshi surat (sifat emas, ma'no jihatidan)!» - deya ma'lum qildi fotosuratchi Feysbukdagi sahifasida. Ba'zi foydalanuvchilar suratlar haqiqiy ekaniga shubha bilan qarashgan, biroq Jon «trilliontaga bir» foto olganini iddao etishda davom etdi.

Foto: Dok Jon
Foto: Dok Jon
Foto: Dok Jon
Foto: Dok Jon
Foto: Dok Jon
Teglar