Banan po‘stlog‘i daryolarning ekologik muammolarini qanday hal qilishi mumkin?

  • 14:07 / 23.11.2019
  • 553

Indoneziya bir necha marotaba “Green Peace” xalqaro tashkiloti o‘tkazgan aksiyalarga mezbonlik qilgan. Shiddat bilan rivojlanayotgan davlatning asosiy muammolaridan biri daryolardagi suvning sifati bo‘lib, so‘nggi o‘n yillikda ahvol juda yomonlashdi. Indoneziyaning AQSh universitetlaridan birida tahsil olayotgan aspirantlari ifloslangan oqova suv muammosini hal qilish uchun oziq-ovqat sanoatidagi chiqindilarni yo‘q qilish kerakligi haqidagi sodda va oddiy yechimni taklif qilishdi.

Indoneziyada ekologik qonunchilikning rivojlanishi sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi bilan hamqadam emas va ba’zi yirik korxonalar foydaning katta qismini suv tozalash tizimlarini o‘rnatishga sarflagilari kelmaydi. Ushbu holat Indoneziya iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan mamlakatning to‘qimachilik sanoatida ham kuzatiladi.

Как банановая кожура может решить экологические проблемы рек в Индонезии

Indoneziya paxtadan tayyorlangan va aralashgan matolarni ishlab chiqaradigan davlat sifatida dunyoga mashhur. Yavada bir nechta yirik to‘qimachilik korxonalari mavjud. Og‘ir metallarni, ishqorlarni va boshqa zaharli ifloslantiruvchi moddalarni o‘z ichiga olgan oqova suvlar daryolarga qo‘shilib, ichimlik suvini yaroqsiz holga keltirmoqda. Chitarum ham to‘qimachilik fabrikalaridan chiqindilarni olib ketadigan mashhur daryo hisoblanadi. Ushbu muammo necha yillardan beri davom etayotganiga qaramay, maqbul yechim topilgani yo‘q.

Как банановая кожура может решить экологические проблемы рек в Индонезии

Shu sababli, AQShning Pensilvaniya shtatidagi Garrisberg universitetida tahsil olayotgan ikki indoneziyalik aspirant ilmiy-tadqiqot ishlarini oqova suv muammolariga bag‘ishlashga qaror qilishdi. Ushbu muhim ekologik muammoni hal qilish to‘qimachilik korxonalari budjetini sezilarli darajada kamaytirmasligi uchun, ular oziq-ovqat sanoatidagi chiqindilarni, ya’ni banan va apelsin po‘stlog‘ini tozalashning asosiy tarkibiy qismi sifatida ishlatishga qaror qildilar. Ushbu xomashyo Indoneziyada mo‘l-ko‘l. Bu yerda tropik mevalarni yetishtirish va qayta ishlash ham iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi.

Как банановая кожура может решить экологические проблемы рек в Индонезии

Qizlarning fikri quyidagicha: bu mevalarning po‘stlog‘idagi moddalar oqova suvda topilgan xavfli ifloslantiruvchi moddalardan biri – xrom bilan reaksiyaga kirishishga qodir. Yangi hosil bo‘lgan modda suv sifatini pasaytirmaydi. O‘zlarining nazariyalarini sinab ko‘rish uchun, qizlar, hamkasblari va tanishlari orasida po‘stloq to‘plashni tashkil qilishdi. To‘plangan po‘stloqlar quritilib, kukunga aylantirildi. Laboratoriya sinovlari shuni ko‘rsatdiki, apelsinlar xromning bir qismini yutishga qodir, banan po‘stlog‘i vazifani undan ham yaxshiroq bajara oldi.

Как банановая кожура может решить экологические проблемы рек в Индонезии

Tadqiqot mualliflari barcha xomashyo chiqindilar ekanligi va ulardan muammosiz foydalanish mumkinligiga alohida urg‘u berishadi. Bitiruvchilarning ilmiy rahbarlari ushbu tadqiqot xromni suv havzalariga kirishidan oldin, uni oqova suvlardan olib tashlash muammosiga eng yaxshi yechim bo‘lishi mumkinligiga ishonishadi. Umid qilamizki, ajoyib g‘oya Indoneziyaning to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va qabul qilinadi.