Baxtli hayot uchun zarur hisoblangan 10 ta odat

  • 10:07 / 25.10.2018
  • 6883

O‘zingizni har tomonlama yaxshilash uchun yordam beradigan oddiy harakatlar.

Foto: Pexels

1. Rejalashtirgan vaqtingizda uyg‘oning

Agar budilnikni 6:30 ga qo‘ygan bo‘lsangiz, u jiringlashi bilan o‘rningizdan turing. Bu nima uchun muhim? Bu aynan shu kuni bajarishingiz kerak bo‘lgan birinchi va'dangiz.

2. Ish kunini aniq tashkillashtiring

Tongdagi odatiy harakatlar o‘zingizga tezroq kelib, ishga kirishishingizda yordam beradi. Dush. Tishlarni yuvish. Soch turmagi. Bundan tashqari, bugungi kunga mos kiyim ham muhim.

Yodingizda bo‘lsin, kiyim ham muayyan kayfiyat yaratadi.

Foto: Pexels

3. Meditatsiya qiling

Dushdan keyin bajarilishi kerak bo‘lgan eng yaxshi mashg‘ulot. Sukunatda o‘tirish uchun 5-10 daqiqa toping.

O‘zingizga quloq soling. Bu sizga kunni qanday boshlayotganingizni tushunishga yordam beradi.

Meditatsiyaga 5 daqiqa ajratib, kunni qanday boshlash, uni samarali o‘tkazishni tushunasiz.

4. Vaqtida ovqatlaning

Belgilangan muayyan vaqtda ovqatlaning. Bu tushlikni o‘tkazib yubormaslik va kun davomida iste'mol qilishni unutmaslikka yordam beradi.

Odat yaratishga harakat qiling. Avvaldan tayyorlab qo‘yilgan sog‘lom ovqatni iste'mol qilsangiz, hatto o‘ta band jadval bilan ham salomatlikni saqlashga muvaffaq bo‘lasiz.

Foto: Pexels

5. Kichik tanaffuslarni foydali o‘tkazing

Kun davomida kichik tanaffuslar bo‘ladi. Ularni ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish, YouTube’da video ko‘rish va boshqa befoyda ishlarga sarflashga odatlanganmiz. Smartfondagi bunday ilovalarni birlashtirib, “Hayotimning xarajatlari” nomiga birlashtiring.

6. Yodda tuting: bo‘sh vaqt bu – bo‘sh vaqt

Bu «bo‘sh vaqt»  «yangi loyihalar bilan ishlash» emasligini unutib qo‘yadiganlar uchun maslahat. Bu vaqtni ishga sarflash kerak emas.

Boqqa sayr qilish uchun borish, eski do‘stingiz bilan ko‘rishish, do‘stlar va oila a'zolari bilan stol tennisi o‘ynash, buvisiga qo‘ng‘iroq qilish, qiziqarli film tomosha qilish.

Ishdan bo‘sh vaqtni kunlik jadvalning ajralmas qismi sifatida qabul qilish miyangizni qayta ishga tushirish, ishga ishtiyoq bilan qaytishda yordam beradi.

Foto: Pexels

7. Mablag‘ingizni nazorat qiling

Mablag‘ ko‘p zo‘riqish va xavotirni uyg‘otadi. Biroq zo‘riqishni pullar emas, moliyaviy ishlardagi xaos, ularni qanday boshqarishni tushunmaslik keltirib chiqaradi.

Vaziyatning xo‘jayiniga aylanish uchun pul bilan ishlashni o‘rganing.

Agar uzoq o‘rmonga ketib, u yerda ovchilik va terish bilan kun kechirmoqchi bo‘lmasangiz, pul – umringizning so‘nggi kuniga qadar hayotingizning bir qismi bo‘lib qolaveradi.

Shuning uchun vaqtingizni soliq, sarmoya kiritish, omonat va kreditlar to‘g‘risidagi asosiy ma'lumotlarni o‘rganishga sarflang. Bir haftada, ikki haftada yoki bir oyda bir marta mablag‘laringizni tahlil qiling va pulingiz qayerga ketayotganini kuzating.

8. Yangi insonlar bilan uchrashing

Yangi insonlar bilan muloqot kishida ilhom uyg‘otadi. Balki,kimdir sizning blogingizni doimiy ravishda o‘qib borar? Ularga email yozing. Balki, siz undan biror nima o‘rganishni istaydigan mahalliy tadbirkor bordir?  Uni qahvaga taklif qiling.

Muloqot doirangiz qanchalik keng bo‘lsa, aloqalaringiz sabab ahamiyatingiz ortib boradi. Shuningdek, bu ko‘p narsalarga boshqa nuqtadan nazar solish imkonini ham beradi. Biror kimsa bilan uchrashganda yolg‘iz emasligingizni his qilasiz, maqsad sari yanada olg‘a qadam tashlaysiz.

Foto: Pexels

9. O‘zingizni siylang

Rohat – hayotning bir qismi. Intizom ko‘p narsani anglatadi, biroq oqimga qayta tushish uchun ba'zida o‘zingizni «qo‘yib yuborishingiz kerak».

Qulaylik zonasidan chiqing va o‘zingizni biroz siylang. Shu bilan birga yangi narsa o‘rganing.

Biror kishini uchrashuvga chaqiring. Shaharning narigi burchagidagi qahvaxonaga boring. Yangi muzeyga tashrif buyuring.

Oldingizga maqsad qo‘yib, u tomonga harakatlanayotganda bunday onlarni o‘tkazib yuborish juda oson. Biroq aynan ular hammasidan ko‘proq esda qoladi. Sizni baxtli qilib, hayotni chuqurroq anglashga undaydi.

Foto: Pexels

10. Uxlashdan oldin kundalik yozing

Kundalikka bir necha qator narsa yozish odatingizga aylansin. Boshingizdan o‘tkazgan tajriba yoki rejalaringiz haqida yozishingiz mumkin. Nima yozishingiz muhim emas, biroq yozishning o‘zi ahamiyatga ega.

O‘tgan chorshanbada nima bo‘lgani esingizdami? Ikki oy oldingi voqealar-chi? Kunlar bir chiziqqa tiziladi, faqat yorqinlarigina esda qoladi. Kundalik tutish odati yoqimli mayda narsalar, shaxsiy fikrlar, sevimli kitoblardan iqtiboslarni saqlashda yordam beradi.

Kundalikni o‘qiganingizda fikrlash tarzingiz, o‘tmishdagi maqsad va istaklaringizni ko‘rasiz. Hozirgi paytda erishganlaringiz bilan taqqoslab, qimmatli xulosa chiqarasiz.