Baxtni qanday sotib olish mumkin?

  • 14:08 / 05.05.2015
  • 5241

Inson borki, baxtli bo‘lishni istaydi, umri davomida unga intiladi. Hayotimizni quvonchga to‘ldirish uchun turli, chiroyli buyumlar xarid qilamiz, ular eskiradi, yana yangi his-tuyg‘ularga oshiqamiz va yana yangi narsalar haridini amalga oshiramiz. Ba'zilarimiz esa baxtni qiziq mashg‘ulotlar, do‘stlar bilan uchrashuvlar, sayohatlarda, deb bilamiz. Nima deb o‘ylaysiz, bu fikrlar, odatlardan qay biri to‘g‘ri? Maqolada mana shu haqida so‘z boradi. Diqqat bilan mutolaada davom etamiz.

Tadqiqotchilar baxtni sotib olish mumkin, degan fikrga keldilar. Muhimi xaridni to‘g‘ri aniqlab olishdan iborat.

Pul insonni baxtli qilishi mumkin yoki mumkin emasligi haqidagi bahslar doimo mavjud bo‘lgan. Bu masalaga bag‘ishlangan tadqiqotlar yagona bir javobni bera olmagan. 70-yillardagina iqtisodchi Richard Isterlin paradoksni aniqladi: pul baxtli bo‘lishga yordam beradi, biroq muayyan paytga qadar. Sizga kerakli barcha narsa yetarli bo‘lishi bilanoq, daromad qanchalik katta bo‘lmasin, puldan olinadigan qoniqish kamayadi.

Kornel universiteti tadqiqotchilari baxtni sotib olish mumkinmikan, degan savolga javol olish uchun tadqiqiqot o‘tkazdilar. Aniqlanishicha, ishlab topilgan daromad hajmi qalbingizdagi baxt hissiga ta'sir ko‘rsata olmas ekan. Pulning o‘zi emas, to‘g‘ri xarid qilingan narsalar quvonch keltirar ekan.

Baxt – insonda o‘z turmush sharoiti, hayotining yaxlitligi va ong yordamida yaratilayotganligi, insoniy vazifalarini amalga oshirish natijasida paydo bo‘ladigan ichki qoniqish hissidir. 

Maqtanishingiz mumkin bo‘lgan milliardli hisobga ega bo‘lsangiz ham, pul tugab qolishi mumkin. Mehnat qilib, ishlab topilgan pulga biror narsa xarid qilish uchun sotib olinadigan buyum haqida oldindan rejalashtirish zarur. Tasavvur qiling, sizda foydali narsa sotib olish imkoniyati bor. Xo‘sh xayolingizga qanday fikrlar kelyapti? Ko‘pchilik insonlarda bu moddiy narsalar: xonadon, mashina, zavodlar, mebel va h.k narsa-buyumlar bo‘lishi mumkin.

Biz ko‘zimizni quvontiradigan va uzoq muddat xizmat qiladigan narsalar xarid qilishimiz kerak deb o‘ylaymiz. AQShdagi Kornel universitetida ishlovchi doktor Tomas Djilovich bu mantiqiy qopqon degan fikrga keldi. Biz narsa-buyumlarni doimiy ravishda sotib olib, qoniqish hissiga ega bo‘lishimiz mumkin deb o‘ylasak yanglishamiz. Aniqlanishicha, konsert yoki ko‘rgazmaga tashrif buyurish, tog‘lar, sayohatlarga chiqishdan olingan quvonch hissi uyni yangi ta'mir qilish natijasida paydo bo‘lgan hayrat xissidan uzoqroq davom etar ekan.

Yangi narsalar yangi bo‘lgan paytidagina bizni quvontira oladi.

Baxtimizning asosiy dushmani – o‘rganib qolish yoki odatdir. Doktor Jilovich deyarli ikki o‘n yillik mobaynida xaridni amalga oshirgan paytdagi xis-tuyg‘ularning o‘zgarishini o‘rgangan. Pulni sarf qilamiz, evaziga buyum sotib olamiz, shu onda quvonch hissi juda kuchli bo‘ladi. Biroq shunday vaqt keladiki, bizda mavjud bo‘lgan narsaga ko‘nikamiz va xarid ham quvonch xissini bermay qo‘yadi: yana bitta kurtka sotib olgimiz keladi yoki kattaroq xonadon, kattaroq mashina sotib olishni istab qolamiz. Biz yana pul sarflaymiz, ular yana jonimizga tegib qoladi. 

Mazkur cheksiz aylanaga tushib qolmaslik uchun doktor Jilovich xaridni amalga oshirish oldidan uch marotaba o‘ylab ko‘rishni maslahat beradi va uning o‘rniga pulni yangi ko‘nikmani qo‘lga kiritish uchun sarflagan ma'qul, deb hisoblaydi. Misol uchun, yangi bilim va ko‘nikmalar, sport bilan shug‘ullanish yoki sayohatga chiqish kabi.

Oleg Vixarev

Veeam Software elektron kursi dizayneri

Menda narsa-buyumlarga bo‘lgan qiziqish mavjud emas, men narsalarni kamdan-kam, zarur bo‘lgandagina xarid qilaman. Taassurotlar uchun esa bajonidil pul sarflayman.

Agar telefonim yaxshi ishlab turgan bo‘lsa-yu, yangi telefon sotib olish yoki bir yil davomida basseynga borish uchun abonement chiptasini tanlash kerak bo‘lsa, men basseynni tanlayman, chunki u meni bir hafta davomida uch marotaba quvontirib turishi mumkin. Menga suzish yoqadi, tanam qanday xordiq chiqarayotganini his etaman. Bu tuyg‘u telefonni sotib olish natijasida paydo bo‘lgan qisqa muddatli quvonchga qaraganda barqaror, uzoq muddatli hissiyotdir.

O‘ylashimcha, zarur bo‘lmasa, nimadir xarid qilish o‘rniga tana va ruhga quvonch bahsh eta oladigan narsani amalga oshirish kerak. Chunki tana va aql bu sening o‘zing. Narsa-buyum esa bizdan alohida mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham xursandchilik hissi uzoq davom etmaydi, biroz o‘ynadingmi, yangisini istab qolasan.

Doktor Jilovich odatlarimiz baxtga qanday ta'sir qilishini o‘rganib chiqdi. Tadqiqotda ishtirok etgan respondentlar xarid qilingan buyum yoki yangi ko‘nikmaga nisbatan munosabatlari qanday o‘zgarganini aytib berishlari kerak edi.

Dastlab quvonch juda kuchli bo‘ldi. Biroq vaqt o‘tishi bilan sotib olingan narsalardan keladigan qoniqish hissi kamayib bordi. Taassurotlar yoki yangi ko‘nikmalar evaziga kelgan xotiralar esa ko‘proq quvontira boshladi va ularning qiymati doimiy ravishda orta bordi.

Siz moddiy buyumlarni sotib olishingiz va saqlashingiz mumkin. Ular saqlanib yotadi xolos... Ular olib keladigan hayrat xissi so‘nib boradi. Narsalar uzoq yashaydi, biroq baxt o‘tkinchidir. Buyumlar qanchalik uzoq xizmat qilsa, atrof-muhitning umumiy tasviriga o‘rnashib oladi va siz uni borgan sari sezmay qo‘yasiz.

Bugun yangi mashina - sizning ushalmas orzuingiz. Yaltiraydi, zo‘r yuradi. Siz uni faqatgina tekshirilgan mashina yuvish joylariga olib borasiz, usti yopiq to‘xtash joylarida qoldirasiz, rulda selfilar qilasiz. Hech kimga salonda chekishga ruxsat bermaysiz. Bir necha hafta o‘tgach, uchrashuvga kechikayotib, rulga kir oyoq-kiyimda chiqib olasiz. Yarim yil o‘tgach muvaffaqiyatsiz to‘xtab, bamperni zarar yetkazasiz. Bir yarim yil o‘tgach esa, nomerni artasiz va oddiy mashina to‘xtash joyidan mashinani olib, yangi hissiyotlarni tuyish uchun avtosalonga otlanasiz.

Hayotimizda uzoq muddat saqlanib qoladigan narsalarga ko‘nikib qolamiz, aynan shu tufayli narsa-buyumlar kundalik hayotdagi odatiy hol bo‘lib qoladi va bizga hech qanday quvonch bahsh etmay qo‘yadi. Buyumlar qanchalik uzoq muddat davomida biz bilan qolsa, bizni shuncha qiziqtirmay qo‘yadi. Har qanday taasurotlar esa bizning “men”ligimizning bir qismiga aylanadi. Malaka esa qotib qolgan narsa emas, u doimiy ravishda to‘planib boradi, qarashlarimizga qaramay o‘zgaradi. Narsa-buyumlar esa qanday bo‘lsa, shundayligicha qoladi yoki ko‘p ishlatganimiz tufayli eskiradi, malaka esa o‘zgaruvchan bo‘lib, bizning shaxs bo‘lib yetishishimizda katta hissa qo‘shadi.

Pulga baxtni sotib olish mumkin, biroq uni ushlab qolishning iloji yo‘q

Agar yaxshi xarid evaziga paydo bo‘lgan xursandchilik hissi erib ketadigan bo‘lsa, sifatsiz narsalar haqida gapirmasak ham bo‘laveradi. Afsuslanishdan tashqari boshqa hech qanday taassurot bera olmaydi. Malaka esa salbiy bo‘lishiga qaramay, foyda va qoniqish olib keladi. Jilovich tadqiqotlaridan biri shuni ko‘rsatdiki, agar voqealar natijasidagi taassurotlar ijobiy bo‘lmasa, ishongan insonlaringiz bilan bu haqida suhbatlashishingiz darkor. Yoqimsiz vaziyatlar muhokamasidan so‘ng insonlar o‘z malakalariga yuqori baho berishni boshlaydilar. Eslab ko‘ring-chi, do‘stlar orasida so‘zlab beriladigan kulgili voqealar muvvaffaqiyatsiz g‘oyalardan boshlangan.

Bir kuni jala natijasida yetti kishi kichik bir palatkaga kirib olishdi. Ularning hammasi bu dunyodagi eng baxsiz tun ekaniga amin bo‘ldilar. Biroq bor-yo‘g‘i bir hafta o‘tgach, ushbu nohush voqea qiziqarli hikoyaga aylandi.

Xatolar natijasida o‘rganamiz, deya qaytarish noqulay, chunki bu salbiy ko‘nikmaning funksiyasi hisoblanadi.

Yangi taassurotlar uchun pul ayamaslikka yana bir sabab bor: malaka bizni o‘zga insonlar bilan yaqinlashtiradi. Siz bilan birgalikda parashyutda sakaragan inson bilan umumiy qirralaringiz mavjud, aynan siznikiga o‘xshagan oshxona mebeliga ega bo‘lgan inson bilan esa bunday emas. Malaka – muloqot uchun yaxshi bahonadir. Biz unga ega bo‘lgach, o‘zga insonlar bilan bo‘lishamiz. Kim bilan suhbatlashish qiziq: akterlik kursi bitiruvchisi bilanmi yoki zargarlik do‘konidagi begona insonmi?

Slava Baranskiy

Layfxaker bosh muharriri

Menda hech qachon avtomobil, shaxsiy xonadon bo‘lmagan, ularni sotib olishni ham rejalashtirmaganman. Men o‘z pullarimini malaka va sayohatlar uchun sarflaganman. Dastlab Qrimga bordim, keyin esa boshqa mamlakatlarga. Men yangi gadjetlarni o‘zgalardan ajralib turish uchun emas, uni qanday qilib ishlatish qiziqligi uchun sotib olaman. Mening qiziqishlarim – triatlon va Ironman – bu amaliyotdir, mening kitobim-mening tajribam. Bu harajatlarning bari daromad olib kelmaydi, biroq men hikoya qilib berishim va fahrlanishim mumkin bo‘lgan narsalar bor. Bu men uchun muhim.

Siz ham tajribalarni baholashingiz mumkin. Uyingizni boshqalarniki bilan taqqoslang: qo‘shningiz hovlisining kattaligi qanday, qirol saroyi arxitekturasi qanday ajoyibligini kuzating. Agar o‘xshash narsalar solishtirilsa, xasad uchun bahona topilishi aniq. Taassurotlaringiz esa hasad va Facebookda joylashtirilgan suratlar bilan bo‘lgan barcha sinovlarga dosh bera oladi.

Narsalarni solishtirish juda oson. Qancha turadi? Qancha karat? Necha ot kuchiga ega? Necha metr? Ana endi buni tajribangizga nisbatan qo‘llab ko‘ring-chi. Bilimlaringiz necha grammga teng? Ot kuchida qancha miqdorda quvonch bor?

Narsalarni solishtirmasak, qutilishimiz qiyin bo‘lgan hasad hissi ham bizni kamroq qiynaydi. Albatta, hatto hordiq davomida ham hasad uchun bahona topiladi: kimdir birinchi klassda uchyapti va lyuks nomerda yashamoqda, kimdir esa tunni xostelda o‘tkazish niyatida. Qimmatbaho sumkangizni hamkasbingizning sumkasi bilan solishtirsangiz, salbiy hislar yanada ortadi.

Baxtga yetarli bo‘lishi uchun qancha pul topish kerak?

Shuni yodda tutishimiz kerakki, Isterlin paradoksiga muvofiq, iqtisodiyotdagi moddiy boyliklar muayyan davr mobaynidagina baxt sinonimi hisoblanadi. Hatto kulbadagi jannat ham uni qurish uchun qamish bo‘lgandagina mavjuddir. Biroq siz to‘rtinchi qavatni qurish toshdan uy qurishni o‘rganishga qaraganda muhim, deb hisoblaysiz.

Dunyoning baxt indeksi tobora shuni ko‘rsatmoqdaki, insonlar o‘zini nafaqat boy davlatlarda, balki Afrikadagi qashshoq mamlakatlar yoki Janubiy Amerikadagi muammoli makonlarda ham baxtli his etmoqdalar. Bu borada Yevropadagi ta'lim tizimi yaxshi rivojlangan hamda ish va hordiq o‘rtasidagi muvozanatga ega bo‘lgan davlatlar yetakchi o‘rinlarni egallamoqda. 

Viktoriya Yefremova

ATOK kursi trener-konsultanti, “Qadamlar” nomidagi yetim bolalar ataptatsiya markazi direktori

Men treninglar olib boraman. Ularning vazifasi ichki dunyoni muvozanatga olib borish, ongosti bloklarini olib tashlash, o‘tmishdagi muammolarni baxtli kelajak uchun hal etishdan iborat. Shunday qilib, shug‘ullanishga kelganlarning ko‘pchiligining fikrlari pul bilan bog‘liq. Elementar psixologiya nuqtai-nazaridan ham bu poyga ahamiyat, iqtidor, umuman mavjudlikning isbotidir.

Bizning dunyoda pul shu qadar katta ahamiyatga ega bo‘lib qoldiki, uning miqdori insonni kuchli, aqlli qilishga qodirdek go‘yo. Men bu insonlarga mana shunday savol bilan murojaat qilaman: “Tasavvur qilib ko‘ring, orzu qilgan barcha moddiy narsalar sizda bor: pul, xonadonlar, yaxtalar, uylar, texnika... Biroq aynan shu holda cho‘lda bo‘lib qoldingiz, atrofda insonlar yo‘q, boyligingizni hech kimga ko‘rsata olmaysiz. Nima qilgan bo‘lardingiz? Siz aynan shu holatda nimani istagan bo‘lar edingiz?” Topish qiyin emas, ko‘pchilik deyarli bir xilda javob beradi: men yonimda suhbatlashish, birga ichish, yeyish, sayrga chiqish uchun hamrohim bo‘lishini xohlardim deydi.    

Insonlar ko‘proq pul topish fikridan qaytsa, oddiygina yashash, pul topish va shu bilan birga sevgan mashg‘uloti bilan shug‘ullanishni boshlaydi va yuzlaridan tabassum ham arimaydi. 

Qanday qilib Isterlin paradoksini yengish va pulni baxt uchun ishlashga majbur qilish mumkin? Moddiy boyliklargina emas, balki tajriba orttirish kerak. Tajriba – moliyaviy imkoniyatlaringiz qanchalik kamtar bo‘lmasin, vositalaringiz evaziga eng maksimal javob olish usulidir. Bu fikr faqat shaxsiy darajagagina xos emas. Jarayonga ishchilarni qiziqtirib, korxona samaradorligini oshirmoqchimisiz – xodimlarga o‘qish-o‘rganish imkoniyatini bering. Siyosiy yoki ma'muriy karera qurmoqchimisiz – saylovchilarga tajribaga ega bo‘lishga yordam bergan holda, ularni baxtli qiling.

Keyingi safar daromadingizni biroz tajriba va baxtga erishish uchun sarflang. Yodingizda bo‘lsin, tajriba bepul turadi.

Teglar