Bayden Trampga harbiy to‘ntarish bilan tahdid qildi

  • 10:38 / 12.06.2020
  • 766

AQSh prezidentligiga nomzod, sobiq vitse-prezident Jozef Bayden 11-iyun kuni agar saylov natijalarini tan olmasa, amaldagi lider Donald Trampni harbiy to‘ntarish kutayotganligini aytdi.  
Comedy Central ko‘rsatuvi doirasida telejurnalist Trevor Noy Baydendan agar Tramp kutilayotgan prezidentlik saylovlarida yutqazib qo‘ysa-yu, Oq uyni tark etishni istamasa qanday chora qo‘llashi mumkinligini so‘ragan.   
“Bizning safimizda turli qo‘shinlarning 4 nafar boshlig‘i bor. Ular Trampning terisini shilib olishga tayyor. Men va’da beraman va ishonamanki, ular Trapmni Oq uydan tezlikda kuzatib qo‘yishadi”, deya javob bergan Bayden.  
May oyi oxirida Stoun-Bruk universiteti professori Gelmut Norpot noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan prezidentlik saylovlarida AQShning amaldagi prezidenti taxminan 91 % ovoz bilan g‘alaba qozonishi mumkinligini bashorat qilgan edi. Bu fikrdan sal oldinroq o‘tkazilgan so‘rovda esa Baydenning Trampga qaraganda ko‘proq ovoz yig‘ishi mumkinligi ma’lum bo‘lgan va so‘rovda ishtirok etgan saylovchilarning 51 foizi  Baydenni, 46 foizi Trampni yoqlab ovoz berishini bildirishgan edi. 
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentligiga saylovlar 2020-yilning 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.