Ba’zi ma’lumotlar taqdim etilmasa, bojxona xizmati tomonidan tovarlar tranziti uchun rusxatnomalar berilmaydi

  • 13:19 / 12.08.2019
  • 241

2019-yil 1-sentyabrdan boshlab Turkmaniton Respublikasida ushbu mamlakat hududidan tranzit tarzida o‘tuvchi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari bo‘yicha yangi tartiblar joriy qilinmoqda.

2019-yilning 1-sentyabridan boshlab ushbu mamlakat hududidan tranzit tarzida o‘tuvchi tovarlar haqida quyidagi ma'lumotlar taqdim etilmaganda, Turkmaniston bojxona xizmati tomonidan tovarlar tranziti uchun rusxatnomalar berilmaydi: 

-yuklarni yuboruvchi va qabul qiluvchining nomi va joylashgan manzili;

-tovarlarni yuboruvchi va qabul qiluvchi mamlakat nomi;

-tovarlarni tashuvchining yoki ekspeditorning (ruxsatnomani ekspeditor olganda) nomi va joylashgan manzili;

-transport vositasi va uning haydovchisi;

-tovarlarning shakli, nomlanishi, miqdori va qiymati;

-tovarlarning vazni va hajmi;

-tovarlarni kodlash va nomlashning uyg‘unlashtirilgan tizimi bo‘yicha tasniflangan kodi (TIF TN);

-yuk o‘rinlarining umumiy soni;

-tovarlar yo‘llangan manzil;

-yo‘ldagi yuk operatsiyalari (tushirish, ortish, qayta yuklash va hk..);

-tovarlarni tashish muddati va harakatlanish yo‘nalishi.