Ba’zi toifadagi avtomobil haydovchilariga murojaatlariga asosan ruxsatnoma berilishi haqida aytildi

  • 11:38 / 31.03.2020
  • 522

Foto: xabardor.uz

Bugun, 31-mart kuni AOKA huzuridagi shtabda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirokida onlayn brifing bo‘lib o‘tdi.

Mazkur brifingda qanday toifadagi shaxslarga murojaatlarga asosan ruxsatnoma berilishi haqida ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, 
ishlab chiqarish va texnologik jarayoni to‘xtatilishi mumkin bo‘lmagan korxonalar (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi);
gigiyenik niqob ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi);
dehqon bozorlarining xodimlari (Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti).

Shuningdek, yana bir qator soha vakillariga tegishli vazirlik va idoralarning Adliya vazirligiga kiritadigan murojaatiga asosan ruxsatnomalar rasmiylashtirib beriladi.

“Yana bir masala, barcha hayotiy holatni ham nazarda tutib bo‘lmaydi. Shu sababli, Maxsus komissiyaning ko‘rsatmasiga asosan Adliya vazirligi tomonidan boshqa hollarda ham tezkor tartibda alohida ruxsatnomalar rasmiylashtirilishi mumkinligi belgilandi”, - deydi Adliya vaziri.