Belgilangan hududlarda maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqarayotganlar bugundan jarimaga tortiladi

  • 09:08 / 01.04.2020
  • 300

Foto: xabardor.uz

Bugundan, ya’ni 1-apreldan boshlab Toshkent shahar IIBB, Milliy gvardiya va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasining qo‘shma reydi boshlandi.

Mazkur tartib Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan, ya’ni 2020-yil 30-martdan 20-aprelga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanishi mumkinligi haqidagi qaror bilan asoslantirilmoqda.

Avvalroq ushbu qaror ortidan Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlari orqali 10000 dan ortiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali 6000 dan ortiq murojaatlar qabul qilingani shuningdek, fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlariga ko‘plab tashrifi kuzatilgani xabar qilingan edi.

Bu hol karantin talablarining buzilishiga, ko‘plab fuqarolarning bir vaqtning o‘zida bir joyda to‘planishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari aynan shu masalada fuqarolar tomonidan ko‘plab murojaatlar bo‘ldi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining xabar berishicha, bugundan e’tiboran maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqarayotganlar jarimaga tortiladi va avtoulovlari jarima maydonchasiga qo‘yiladi.

Avtomobilga beriladigan stikerlar ortidan karantin qoidalari qo‘pol buzildi – Adliya vaziri

Adliya vaziri shunday murakkab vaziyatda ham korrupsion sxemalarning tomir otayotganini tanqid qildi