Belgiya va Gollandiya chegarasi bo‘ylab fotosayohat

  • 09:53 / 13.06.2018
  • 30967

Dunyoda ikki davlat o‘rtasida joylashgan ko‘plab shaharlar bor. Ular daryolar, ko‘priklar yoki beton devorlar bilan ajratilgan. Biroq Gollandiya-Belgiya chegarasidagi Barle shahri – juda o‘zgacha joy.

Shaharning Belgiyadagi qismi - Barle-Xertog munitsipaliteti – Gollandiya ichidagi anklav, Belgiya chegarasidan 5 kilometrda joylashgan. Uning hududida esa «ikkinchi tartibdagi» Gollandiya anklavlari joylashgan. Shaharning Gollandiya qismi Barle-Nassau degan nomga ega.

Gollandiya-Belgiya chegarasi bu yerda shunchalik qiziq shaklga egaki, u hech qanday daryolar yoki tabiiy to‘siqlarga qaramaydi, biroq har doim ham ko‘chalar bo‘ylab o‘tmaydi: uylarni turli qismlarga ajratadi, ko‘cha o‘rtasi, bog‘lar yoki uyning ichida keskin burilishlar qiladi.

Mana uy, bu yerda chap tomondagi kirish qismi – Gollandiyada, o‘ng tomondagisi – Belgiyada. Qaysi pod'yezda qaysi mamlakatda ekanini tushunish uchun, raqamlar turli rangga ega: qizil-oq-ko‘k – Gollandiyada va qora-sariq-qizil – Belgiyada.

Foto: 2f.ru

Bu yerda Belgiya va Gollandiya o‘rtasidagi chegara juda murakkab: Belgiya hududi 22ta alohida qismlardan iborat, ularning ichida 7ta Gollandiya anklavi bor. 

Biroq bu nafaqat 2 turli davlat, balki ikkita har xil munitsipalitet ham: Belgiya shahri Baarle-Hertog deb ataladi, Gollandiya - Baarle-Nassau.

Foto: 2f.ru

Murakkab chegara 1200-1650 yillarda flamand feodallari o‘rtasidagi yer savdosi va qarama qarshiliklar tufayli yuzaga kelgan. 1648 yilda esa bu yerlar turli flamand davlatlari tarkibiga kirdi: mustaqil Shimoliy yerlar va Ispaniya istilosi ostidagi hozirgi Belgiya hududi. 1830 yildagi inqilob va 1843 yilda hozirgi Belgiya tashkil etilganidan so‘ng, chegara demarkatsiya qilindi.

Chapda va oldinda – Gollandiya

Foto: 2f.ru

Chapda – Belgiya 

Foto: 2f.ru

Veloyo‘lak chegarani kesib o‘tadi

Foto: 2f.ru

Shaharda hammasi ikkitadan: ikkita meriya, ikkita politsiya. Bu yerda oltita uyali tarmoq bor (3ta Gollandiyaning va 3ta Belgiyaning). Hamda faqat turistik ofis bitta: u golland tilida so‘zlashuvchilarga mo‘ljallangan.

Foto: 2f.ru

Chegara shahar markazida, turistlar ko‘p bo‘ladigan joylarda belgilab qo‘yilgan. Boshqa yerlarda esa qaysi davlat ekanni tushunish uchun GPS va Google maps, yoki pod'yezdagi raqamdan tushunish mumkin.

Uydagi Belgiya raqami

Foto: 2f.ru

Uydagi Gollandiya raqami

Foto: 2f.ru

Chegarani belgilash uchun ba'zi joylarda krestcha ko‘rinishidagi alohida belgilar bor

Foto: 2f.ru
Foto: 2f.ru
Foto: 2f.ru

1198 yilda baron bu yerlarni gersogga bergan

Foto: 2f.ru

Foto: 2f.ru

Foto: 2f.ru

Aslida, Gollandiya va Belgiya chegarasi erkaklardan o‘ngdagi do‘kon peshtaxtasidan o‘tadi, biroq nomsiz rassom uni o‘sha yerga chiza olmagan

Foto: 2f.ru

Yo‘l va yo‘lbo‘yi plitkasi bo‘yicha dunyoda faqat gollandiyaliklar (flamandlar) eng kuchli

Foto: 2f.ru
Foto: 2f.ru

Yemakxona – Belgiyada, mototsikl – Gollandiyada. Davlat chegarasi metall shaybalar orqali o‘tadi

Foto: 2f.ru

Umuman olganda Barle – juda oddiy flamand qishlog‘i, unda hattoki kanallar yo‘q

Foto: 2f.ru

Belgiyadagi qismda turistik ko‘rsatkichlar Antverpen provinsiyasining turizm bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan. Gollandiyadagi shaharda bunga e'tibor ham berishmagan.

Foto: 2f.ru

Posyolka markazidagi yerning bir qismi bog‘lar bilan egallangan

Foto: 2f.ru

Videokassetalar avtomatik ijarasi, hamon ishlamoqda

Foto: 2f.ru

Belgiyada ko‘chalar nomlari yozilgan ko‘rsatkichlarga juda ijodiy yondashilgan

Foto: 2f.ru

Spamdan himoya

Foto: 2f.ru
Foto: 2f.ru

Belgiya avtoraqamlari hamon boshqalardan ajralib turadi

Foto: 2f.ru

Barle-Nassau va Barle-Xertog chegarasi shu darajada chiroyliki, logotipga ham arziydi.

Foto: 2f.ru
Foto: 2f.ru
Teglar