Bemorlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir –  Nurmat Otabekov

  • 11:05 / 25.03.2020
  • 1939

Bugun, 25-mart kuni  Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning rasmiy bayonoti e'lon qilindi.

Bayonotda ma'lum qilinishicha, 55 bemorning barchasi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolash muolajalarini olmoqda.

Mazkur institut rahbariyati ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi daqiqalarda 13 nafar bemorda o‘pka yallig‘lanishi – pnevmoniya alomatlari kuzatilyapti. Bemorlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. 


"Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davolash profilaktika muassasalarida, profilaktoriyalarida, sanatoriyalarida tashkil etilgan maxsus izolyatorlarda hammasi bo‘lib 20 mingdan ko‘proq fuqaro karantin tadbirlarini o‘tayapti. Ular tibbiy kuzatuvga olingan", dedi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, bugun koronavirus aniqlangan bemorlar soni 55 ga yetganligi haqida ma'lum qilgan edik.