Bill Geyts, Jyek Ma va Ilon Mask qo‘llaydigan 5 soat qoidasi

  • 07:50 / 12.03.2019
  • 3884

Ko‘pchilik yaxshi ta'lim olib, karerasini noldan boshlaydi. Biroq ayrimlargina o‘zi tanlagan sohada muvaffaqiyatga erishadi, boshqalar esa bir necha yillar davomida bir yerda depsinishda davom etadi. Muvaffaqiyatli kishini farqlantiruvchi jihatlar nimadan iborat? Javob oddiy: doimiy rivojlanish va takomillashish.

Foto: Global Look Press

Takomillashish – eng muhimi

Charchoqli ish kunidan keyin endigina uyga qaytdingiz. Qorningiz och, ehtimol toliqqansiz. Istagingiz – biroz xotirjam bo‘lish. Ovqatni yeb, televizor qarshisiga borasiz, navbatdagi filmni tomosha qilib dam olasiz. Yarim tun bo‘ladi, siz tomondan tomosha qilingan filmlar soni ortadi, endi esa yotib uxlash kerak. Yo‘q, bari u qadar yomon emas. Har bir odam vaqti-vaqti bilan dam olishi kerak. Biroq ishdan keyingi soatlar har kuni shu ko‘rinishda bo‘lsa, uni foydali odat deb atash mushkul.

Muvaffaqiyatli kishilar bo‘sh vaqtlarini o‘zgacha tashkil qilishadi – o‘qib-o‘rganishadi, bilimlarini oshirishadi.  Tomas Korli 50 yil davomida muvaffaqiyatli kishilar odatlarini o‘rgandi. Bu vaqt ichida  200 nafar millioner bilan suhbatlashish, ularning hayot sur'ati, asosiy qadriyatlari, hordiq vaqti, muvaffaqiyatga erishish strategiyalari haqida so‘rashga ulgurdi. Olim muvaffaqiyatli tadbirkorlar televizor tomosha qilmasliklarini kuzatdi. Bundan tashqari, so‘rovda ishtirok etgan odamlarning 86 foizi nafaqat ko‘ngil ochish, balki shaxsiy rivojlanish va qo‘shimcha ta'lim, yangi ma'lumot olish uchun doimiy ravishda kitob o‘qishlarini ma'lum qildi. Tadqiqotda ishtirok etgan 63 foiz millionerlar esa tongda ishga ketish vaqtida audiokitoblar tinglashini aytishgan. Haqiqatan ham mutolaa kabi sodda odat hayotni o‘zgartirishi mumkinmi?

Foto: Global Look Press

Franklinning 5 soat qoidasi

Ilk marotaba besh soat qoidasi Maykl Simmons tomonidan tasvirlangan. Biroq u Franklin davridayoq, balki undan oldin ham mavjud bo‘lgan. Uning konsepsiyasi juda oddiy: muvaffaqiyatli kishilar qanchalik band bo‘lishlariga qaramay, haftasiga besh soat vaqtlarini ta'lim olishga bag‘ishlaydilar. Ular bu qoidaga butun umrlari davomida doimiy ravishda amal qilishadi.

Mutolaa qiling

Shaxs sifatida rivojlanishning besh soatli tizimi qanday ko‘rinishda? Yangi bilimlar olishning eng qulay usuli bu – mutolaa. So‘rovlarga ko‘ra, noldan muvaffaqiyatga erishgan barcha millionerlar kuniga 1 soatdan 3 soatgacha kitob o‘qiydilar. Alibaba ta'sischilaridan biri Jyek Ma aynan mutolaa o‘z ustida ishlashni istagan odamga katta yordam berishini aytgan. Yoningizda doim qiziqarli kitob bo‘lsin. Shifokor qabuliga kirishni kutyapsizmi? Bu vaqtni mutolaa bilan qisqartirish mumkin. O‘z-o‘zining yaxshiroq shakliga aylanish uchun qanday kitoblarni o‘qish kerakligi haqidagi savol ko‘pchilikni qiziqtiradi. Bu sizning ehtiyojlaringizga bog‘liq. Kerakli kitoblardan foydalanib, biznesni yuritish, xodimlarni boshqarish, kareradagi o‘sish, u yoki bu sohadagi bilimlarni kengaytirish, xorijiy til o‘rganish va hokazolar borasida yangi strategiyalarni o‘rganish mumkin. Badiiy adabiyotdan ham voz kechish kerak emas. Ayrim hollarda aynan u miyani boshqa rejimda ishlash, muammoning muqobil yechimini topish, yangi g‘oyani ishlab chiqish va boshqalarga yordam beradi. Besh soatni faqat kitob o‘qishga sarflamaslik ham mumkin. Mexanik mutolaaning o‘zi hech qanday natija bermaydi – ma'lumotni tahlil qilish, u haqida fikrlash lozim. Yangi kitob, usul va g‘oyalarga to‘la ma'lumotlarni o‘qidingizmi? Seminar, konferensiyada ishtirok etdingizmi? Kuniga 20 daqiqani to‘plangan ma'lumotlarni o‘ylash uchun sarflang. Masalan, bir varaq qog‘oz oling va u yoki bu ma'lumot hayotingizda qanday ta'sir qilishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berishga harakat qiling.

Foto: Reuters

Tajriba o‘tkazing

Nazariya muhim, biroq amaliyotsiz u befoyda. Aynan shuning uchun ham shaxsiy rivojlanishga ajratilgan vaqtni turli tajribalar uchun ham sarflash mumkin.

Ilon Mask, Bill Geyts, Opra Uinfri, Uoren Baffet — ularning hammasi ko‘p milliardli kompaniyalarni boshqara turib foydali odatlar uchun vaqt topishgan. Shunday ekan, o‘zingizni oqlash uchun sabab izlamang. Haftasiga 5 soat u qadar ko‘p emas. Bundan tashqari, ketma-ket 5 soat o‘qishingiz shart emas. Ishga ketish vaqtida o‘qing. Sayohatga otlanyapsizmi? O‘zingiz bilan kitoblarni birga olib keting. Bundan tashqari, zamonaviy olamda turli katta nashrlarni ko‘tarib yurishga hojat ham yo‘q. Audiokitoblardan foydalaning. Ana shunday zamonaviy qulayliklarni doimiy ravishda qo‘llang.

Teglar