Bill Geyts umrida birinchi marta tovuq pishirdi va buni ommaga namoyish etdi

  • 09:38 / 14.08.2019
  • 431

Bill Geyts taom pishirishni bilmasligini tan oldi va yaqinda ilk marta o‘zining eng sevimli ovqatlaridan biri - barbekyu tovuqni tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi. Buning uchun u maktab o'qituvchisidan mahorat darsi oldi. Geyts bu haqda o'z blogida gapirib berdi. 

“Bolaligimda boy skautlar lagerida gulxanda tuxumni qovurishdan tashqari boshqa hech narsa pishirishni o‘rganmadim. O‘zim uchun sog‘lom tushlik tayyorlay olmaganligim sababli, kareramning boshida, ayniqsa yoshligimda keragidan ko‘p miqdorda fast fud iste'mol qildim”, dedi Geyts.

Milliarderning tushuntirishicha, biroz oldin u eng sevimli taomlaridan birininig pishirilishini o‘rganish imkoniga ega bo‘lgan . Darsning video-ko‘rinishini Geyts o‘z blogiga joylashtirdi.

Mount Vernon yuqori maktabi o‘qituvchisi Robert Xand Geytsga taom pishirishni o‘rgatgan.Uning darslarida o‘smirlar mustaqil hayotni boshlashdan oldin o‘zlariga g‘amxo‘rlik qilish, jumladan, sog‘lom ovqat tayyorlashni o‘rganadilar.

Dars so‘nggida  Geyts taomni tatib ko‘rdi va “bu juda mazali” dedi. Endi u bilib olganlarini namoyish etib, “oila a’zolarini hayratda qoldirishi” mumkinligini aytdi.