Bill Geytsdan karantin sharoitida o‘qish uchun nodir kitoblar

  • 11:19 / 22.05.2020
  • 386

Bill Geyts har yili yoz oylarida kitobsevarlar o‘qishi uchun 5 ta kitobni tavsiya qilar edi. Ular orasida ispan grippi pandemiyasi va 90-yillarda Rossiyada yashagan iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori ishi haqidagi kitoblar ham mavjud. Geyts, shuningdek, Baffet bilan onlayn bridj o‘ynayotgani haqida ham yozgan. Bu yil milliarder tavsiya qilgan kitoblar o‘z-o‘zini himoyalash tizimi sharoitida yoki shunchaki chalg‘ish maqsadida o‘qish uchun mos keladi.

•  Edit Yeva Egerning “Tanlov” asari. “Bu kitob qisman memuar janrida yozilgan va u hayotdagi ruhiy jarohatlarni qanday qilib yengib o‘tish xususida. Eger oilasi bilan Aushvisga tushib qollganida atigi 16 yoshda edi. Misli ko‘rilmagan dahshatlarni boshdan kechirib, u AQShga keladi va ruhshunos bo‘ladi. Uning noyob o‘tmishi unga o‘ziga xos tajriba ato etdi va ko‘plab insonlar hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirib yubordi”.

•  Devid Mitchellning “Bulutli atlas” asari. “Bu roman o‘qib chiqqandan so‘ng uzoq vaqt davomida u haqda o‘ylab, gapirib yuriladigan kitoblardan. Syujetini izohlash biroz qiyin, chunki unda turli asrlarda bo‘lib o‘tgan oltita bir-biriga bog‘liq taqdirlar haqida hikoya qilinadi. Menga eng yoqqan voqea yoshgina amerikalik shifokorning 1800-yillarda kemada Tinch okeaniga sayohatga chiqqanidir. Biroq siz eng yaxshi va eng yomon insoniyat haqida o‘qishga ishtiyoqingiz bo‘lsa, xuddi men kabi hayratlanishingiz aniq”.

•  Bob Aygerning “Umr kabi uzun sayohat” asari. “Bu biznes haqida men oxirgi yillarda o‘qigan eng yaxshi asar. Ayger ulkan kompaniyaning bosh direktori bo‘lishdek ajoyib ishni uddalagan. Siz biznesni tushunishni istaysizmi yoki shunchaki kitob o‘qib, zavqlanmoqchimisiz? Disney kompaniyasi tarixidagi eng katta o‘zgarishlar davridagi rahbarligi haqidagi hikoyalari har kimga yoqishi, shubhasiz”.

•  Jon Barrining “Buyuk gripp: tarixdagi eng katta vabo haqida epik hikoya” asari. “Biz misli ko‘rilmagan pandemiya sharoitida yashayapmiz. Ammo agar siz taqqoslash uchun tarixiy voqea izlayotgan bo‘lsangiz, 1918-yildagi Ispaniya grippi pandemiyasi hozirgi holatimizga eng yaqin variant. Barri sizga insoniyat tarixida avj olgan eng xavfli kasallik haqida bilishingiz kerak bo‘lgan deyarli barchasini o‘rgatadi. Garchi 1918-yilda zamon butunlay boshqa bo‘lsa-da, “ispanka” haqidagi kitob biz hali ham o‘sha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotganimizni eslatib turadi”. 

•  Abhijit Banerji va Ester Dufloning “Og‘ir sharoitlar uchun yaxshi iqtisod”. Banerji va Duflo o‘tgan yili iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi va ular hozirgi zamonning eng aqlli iqtisodchilaridan biri. Yaxshiyamki, biz uchun ular iqtisodiyotni o‘rtahol odam manfaatlari tomonida turib, o‘z fikrlarini namoyish etadi. Ularning eng yangi kitobi tengsizlik va siyosiy tafovutlarni AQSH kabi boy mamlakatlar misolida ko‘rib chiqadi”.

Bundan tashqari Geyts yana bir qator kitoblarni o‘qish uchun tavsiya qiladi:

•  Endi Paddikombaning “Meditatsiya va onglilik. Fikrlarni tartibga solish uchun kuniga 10 daqiqa” asari. “Bir necha yillar davomida men meditatsiyaga shubha bilan qaraganman. Endi esa men buni imkon qadar ko‘proq mashq qilaman”.

•  Joshua Foyerning “Eynshteyn Oy bo‘ylab sayohat qiladi” asari. "Foyer xotira qanday ishlashi va nima uchun ba’zi odamlar haqiqatni eslab qolish borasida juda ajoyib qobiliyatiga ega ekanligi bilan qiziqadi”.

•  Endi Veyerning “Marslik” asari. “Mazkur asar asosida ishlangan filmda Mett Deymon o‘z qo‘rquvini engib, “Men bu chiqitdan ilm-fan yarataman” deydigan bir odam rolini ijro etadi. Biz yangi koronavirus bilan ham xuddi shunday qilamiz!” 

•  Amora Toulzning “Moskvalik jentlmen” asari. “Menimcha, bu kulgili, aqlli va hayratlanarli darajada jonli hikoya, atrofingizni o‘rab turgan narsalardan eng yaxshisini siqib chiqarish haqida”.

•  “Rozi Greham Simsion trilogiyasi” asari. Rozi haqidagi uchta roman ham meni kuldiradi. Melinda (Geytsning rafiqasi) menga bu kitoblarni o‘qishni maslahat berdi va men bundan xursandman”.

•  Txi Buyning “Biz qilishimiz mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsa” grafik romani. “Bu, ota-ona va qochqin bo‘lish nimani anglatishini chuqur anglatadigan eng shaxsiy kitobdir”.

•  Elli Broshning “Giperbola va yarimtasi: muvaffaqiyasiz vaziyatlar, noto‘g‘ri kurash mexanizmlari, xaos va boshqa narsalar” asari. “Siz uni ko‘pi bilan uch soat ichida o‘qib tugatasiz. Ammo bu jarayonni uzoqroq davom etishini xohlaysiz”. 

•  Rendall Monroning “...Shunday bo‘lsa, nima bo‘lardi? Nazariy va absurd savollarga ilmiy javoblar” asari. “Men sobiq NASA muhandisi noodatiy fan darslarini juda kulgili komikslarga aylantirganini yaxshi ko‘raman”.