Biotik va abiotik resurslar nima?

  • 16:53 / 05.07.2019
  • 384

Tabiiy resurslar Yer yuzida insonlar va boshqa tirik organizmlar jon saqlashi uchun tabiiy ravishda hosil bo‘ladi. Odamlar ushbu resurslarning shakllanishi yoki mavjud bo‘lishida hech qanday rol o‘ynamaydi. Ular faqatgina foydalanish maqsadiga qarab resurslarni o‘zgartirishi mumkin. Tabiiy resurslarga tuproq, suv, jonivorlar, o‘rmon, quyosh nuri, ko‘mir, neft, mineral resurslar va havo misol bo‘ladi, deydi facte.ru.

Tabiiy resurslarni biotik va abiotikka ajratish mumkin. Biotik resurslar organik moddalardan hosil bo‘lsa, abiotiklar esa noorganik moddalardan paydo bo‘ladi. Biotik va abiotik resurslar Yerdagi odamlar va boshqa tirik organizmlarning jon saqlashi va ko‘payishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Biotik resurslar

Biotik tabiiy resurslar biosfera yoki ekosfera sifatida ma'lum bo‘lgan tirik moddalardan hosil bo‘ladi. Bu resurslar odam va boshqa tirik organizmlarning jon saqlashi, shuningdek, qayta ishlanishiga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko‘rsatadi. Ular organizmlarning yirtqichlik, kasalliklar, parazitizm va chiqindilar bilan muomala qilish kabi o‘zaro aloqasiga ham ta'sir ko‘rsatadi.

Jonzot, o‘simlik, yoqilg‘ining neft, ko‘mir va tabiiy gaz kabi qazib olinuvchi turlari ana shunday resurslarga misol bo‘la oladi. Yoqilg‘i million yillar muqaddam tirik organizmlarning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi.  

Abiotik resurslar jonli va jonsiz moddalardan hosil bo‘ladi. Havo, suv, quyosh nuri va minerallar (temir, oltin, mis, titan va olmos) noorganik resurslarga misol bo‘ladi.

Resurslarning yo‘qolishini qo‘zg‘atuvchi xavflar

Dunyodagi aholining yuqori o‘sish sur'atlari

Aholining yuqori sur'atlarda o‘sishi natijasida ayrim mamlakatlar, masalan, Xitoy juftliklar bo‘lishi mumkin bo‘lgan bolalar sonini cheklashiga olib keldi. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo aholisi 7,7 milliard kishini tashkil etadi.

Aholi sonining ortib ketishi odatda cheklangan miqdordagi tabiiy resurslardan intensiv foydalanilishiga olib keldi. O‘z-o‘zidan, o‘rmon, haydaladigan yerlar, qazib olinadigan yoqilg‘i va chuchuk suv kabi kamayib borayotgan tabiiy resurslar ilgariga qaraganda tezroq sur'atlarda sarflanmoqda. BMT doirasida asos solingan YuNeP dasturi ma'lumotlariga ko‘ra, agar bu tendensiya saqlanib qolsa, tabiiy resurslarning butunlay tugab bitishi ehtimoli mavjud. Shu tariqa, kelajak avlodlarning hayotiga tahdid solinmoqda.

Aholi sonining ortib ketishi oziq-ovqat, kiyim-kechak, yog‘och, tabiiy gaz va baliqqa bo‘lgan talabning ortishiga olib keldi. Biroq sayyora jami aholisining ehtiyojlari to‘laqonli ravishda qondirila olmaydi. Bu esa ko‘plab mamlakatlar aholisining hayot sifatiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmoqda.

Qishloq xo‘jaligi va yerga ishlov berish

Natural xo‘jalik yaylovlar va o‘rmonlarning qishloq xo‘jaligi yerlariga aylanishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda yerdan o‘simlik va hayvon yetishtirish maqsadida foydalanilmoqda. Qishloq xo‘jaligini kengaytirishdan maqsad tez sur'atlarda o‘sib borayotgan aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdan iborat.

Global isish va iqlim o‘zgarishlari

Inson faoliyati va aholi sonining ortib ketishi global isish va iqlimning o‘zgarishiga olib keldi. Bu esa havoning zaharlanishini keltirib chiqardi va hayot sharoitlariga salbiy ta'sir ko‘rsatdi.

Atrof-muhitning ifloslanishi

Ekologik vaziyat abiotik va biotik resurslar sifatiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Sanoat korxonalari chiqindilari havoni ifloslantiradi, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan pestitsid va o‘g‘itlar tuproqni zaharlaydi.

Barqaror rivojlanish

Ko‘plab mamlakat va yirik kompaniyalar amal qilishga harakat qilayotgan barqaror rivojlanish dasturlari zamonaviy avlod vakillari o‘z ehtiyojlarini minimal zarar bilan qoplashini nazarda tutadi. Bu esa o‘z navbatida kelajak avlodlarga ta'sir ko‘rsatadi.

Teglar