Bir qator davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

  • 12:50 / 24.07.2021
  • 194

Bugun Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, davlat va jamoat arboblari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini tabriklashmoqda. Bu haqda Prezidenti matbuot kotibi xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, prezident nomiga quyidagilar qutlov yo‘llagan:
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin;
XXR Raisi Si Szinpin;
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev;
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;
Qozog‘iston  Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon;
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov;
Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In;
Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev;
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko.

“Ushbu tabriklarda Prezidentimizning mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lidagi oqilona siyosati va sa’y-harakatlari, mintaqaviy va global miqyosdagi tashabbuslarining ahamiyati e’tirof etilib, davlatimiz rahbari va xalqimizga eng ezgu tilaklar bildirilgan”, deyiladi xabarda.

Teglar