Birinchi aprel sanasiga mo‘ljallangan noodatiy hazillar

  • 07:37 / 29.03.2016
  • 13476

Birinchi aprel sanasida hamkasblarimizga yoki yaqin do‘stlarimizga turli hazillar qilishimiz mumkin. Kimlardir shunchaki og‘zaki so‘zlar bilan ishontirishga harakat qilsa, yana ba'zilar biron bir harakatlar orqali hazil qilishga kirishadi.

E'tiboringizga aldov uchun original hazillarni havola qilamiz.

1. Atir sovunni olib, unga rangsiz tirnoq bo‘yog‘ini surib chiqasiz. Bo‘yoq qurishi bilan idishchasiga solib qo‘yasiz. Tongda kimdir sovun bilan qo‘lini yuvmoqchi bo‘lsa, uni qancha ishqalamasin, ko‘pik chiqmaydi.

2. Pishiriqlar uchun ishlatiladigan ko‘k bo‘yoqni tish cho‘tkasi ustiga bilintirmay sepib qo‘yish.

3. Gilamchalarni toshlar bilan bezang.

4. Xonani barcha yerini sharlar bilan bezang. Shunda uyqudan endigina uyg‘ongan kishi hayratdan yoqa ushlaydi.

5. Yoki bir martalik ichimlik idishchalariga suv to‘ldirib chiqing.

6. Uyqudagi kishiga soqol yoki mo‘ylov chizing. Yoki biron bir surat. Shunda u uyg‘ongach, yuzini yuvmoqchi bo‘lganida, ko‘zguga qarab qo‘rqib ketadi. Uni sovun bilan ketkizishga harakat qilganda esa, sovun ko‘pirmaydi.

7. Bu hazil ishxonada qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Buning uchun erkaklar hojatxonasi belgisiga kichik yubka shaklini kesib yopishtirish kifoya.

8. Ish kompyuteri klaviaturasining shriftlarini maxsus belgilar yordamida o‘zgartirib qo‘yish mumkin.

9. Ish stoliga o‘yinchoq kalamushlar qo‘yilsa, uni to‘satdan ko‘rgan kishi hayqirib yuborishi aniq.

10. Mashinaning hamma yeriga stiker yopishtirib chiqish.

11. Kompyuter sichqonchasini olib, uning pastki sensor qismini skotch yordamida berkitish mumkin. Shunda hamkasbingiz sichqoncha orqali biron bir hujjatni ocholmay xunob bo‘ladi.

12. Sichqoncha orqasiga bayram bilan tabriklab, hazil qoldirishingiz ham mumkin.

Teglar