Biz yoqtirgan 14 mahsulot yig‘ib olinguniga qadar qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

  • 18:01 / 20.01.2019
  • 3891

1. Balki siz ananas daraxtda o‘sadi deb o‘ylarsiz, biroq haqiqatda u hosil mavsumi kelguniga qadar butalarda o‘sadi.

Mana bu esa ananas butalari dalasi. Ko‘rinishi g‘aroyib, shunday emasmi?

2. Sarsabil esa dalaga ekilgan ildizpoyadan yetiladi. 

Ushbu to‘plam allaqachon yig‘ib olingan, uni deyarli iste'mol qilish mumkin (qirqilgach va tozalanganidan keyin).

3. Mana bu tukli mayda mevalar aslida hali yetilmagan bodom. U nimasi bilandir pishmagan o‘rikni esga soladi.

Yashil mevalar shoxda quriydi va darz ketadi, ana shu yerdan yong‘oqlar ko‘rina boshlaydi.

Qurigan ko‘rinishdagi bodom esa ko‘pchilikka tanish.

4. Mana bu esa xandonpista. Pushtirang gullar tez orada o‘z o‘rnini bizga tanish bo‘lgan yong‘oq turiga bo‘shatib beradi. 

Biroq siz pushtirang-qizil gullar izini yong‘oq terib, quritilgach ham uning «tanasi»da ko‘rishingiz mumkin.

5. Keshyu esa aslida mana bunday ko‘rinishda bo‘ladi. U «keshyu olmasi» mevasining uchida o‘sadi. 

Katta meva kichik yong‘oq uchun terib olinishi juda qiziq. Yong‘oq mevadan ajratiladi. «Keshyu olmasi»dan esa sharbat chiqarilib, konsentratlangan ko‘rinishda sotiladi. 

6. Ko‘z oldingizda yeryong‘oq dalasi

Biz iste'mol qiladigan qismi – bu o‘simlikning urug‘i bo‘lib, uni yer ostidan kavlab olish zarur.

Yer ostida yeryong‘oq 160 kunga qadar o‘sadi, ana undan keyin yeyish mumkin.

7. Endi navbat ziravorlarga. Za'faron (shafran)ning narxi nima uchun qimmat ekani haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Chunki u za'faron (krokus) gulining markaziy qismidan yig‘ib olinadi. 

Gulning olovrang qismi – bu aynan za'faron.

Za'faron iplari gulning bir qismi bo‘lib, uni juda ehtiyotkorlik bilan yig‘ish kerak. 

Har bir gul bir nechta za'faron iplarini «ishlab chiqaradi» xolos. 

8. Mana bu o‘simlik yovvoyi loviyaga o‘xshaydi.

Yashil rang  balki sizni adashtirayotgandir, … biroq bu vanilli orxideya.

Yashil donalar yig‘ib olinadi va quritiladi. 

Ular jigarrang tusga kirguniga qadar quritiladi, keyin esa kesiladi va ichidagi vanilli «pasta»ga yetib borgunga qadar tozalanadi.

9. O‘sayotgan kunjut aynan mana shu ko‘rinishda bo‘ladi.

Pishiriqlarga kunjut urug‘i sepiladi. Urug‘lar oq va qora bo‘lishi mumkin, ular yig‘iladi va butunligicha ishlatiladi yoki kunjut yog‘i ko‘rinishida qayta ishlanadi.

10. Kichik butalarda o‘sadigan garmdori.

Butalar g‘aroyib archalarga o‘xshaydi.

Yangi garmdori ana shu ko‘rinishda bo‘ladi. Ushbu yashil mevalar qora garmdori ko‘rinishiga kirguniga qadar quritiladi.

Mevaning turiga qarab ular qizil yoki yashil bo‘ladi. Qizil garmdori pushtirang tusga kiradi.

11. Dolchin tayoqchalari daraxtning po‘stlog‘i ekanini bilasizmi? 

Jigarrang daraxtning qizil barglari bor.

Dolchinning o‘zi esa quyidagicha usulda «olinadi». Aytgancha, jigarrang daraxtning dunyoda o‘nlab turlari bor.

Juda ko‘p dolchin yog‘och kukunini yodga soladi.

12. Mana bu banan daraxtining guli. Undan mayda bananlar dastasi o‘sib chiqadi. 

Banan gullari ekzotik ko‘rinishda bo‘ladi. Mevalar kerakli o‘lchamga ega bo‘lgach, yashil rangda uzib olinadi.

Keyin esa bir necha dastalarga ajratilib, peshtaxtalarga yuborishdan oldin pishish uchun olib qo‘yiladi.

13. Yana bir g‘aroyib meva – kivi. Bu mayda yashil mevalar hali pishmagan, shuning uchun ham rangi yorqin yashil.

Kichkina kivilarning poyasi ingichka. Kivi daraxtlari nimasi bilandir uzum ishkomini yodga soladi.

14. Mana bu esa bryussel karami. 

Odatda har bir kurtak alohida sotiladi, biroq ayrim do‘konlar poyasi bilan birga sotadi.

Teglar