Bizga translyatsiya uchun pul berishmaydi. Maqsadimiz esa boshqa edi — Vadim Abramov

  • 13:55 / 05.11.2019
  • 579

Bugun, 5-noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari hamda OAV xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha murabbiy va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kabi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Tadbirda, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini translyatsiya qilinishiga qarshi emasligini aytdi.

“O‘yin translyatsiya qilinmasa, stadionga odamlar kiradi va Saudiyaga qarshi o‘yin oldidan bo‘layotgan “mashg‘ulot” ham muxlislar bilan to‘lgan stadionda o‘tadi, deb o‘ylagandim. Futbol muxlislari uchun — biz hech kimga stadionni yopmoqchi emasmiz. 

Menga qo‘ng‘iroq qilib Saudiyadan qo‘rqyapsizmi, deb so‘rashdi. Yo‘q, biz hech kimdan qo‘rqmaymiz. Agar televideniye bu o‘yinni tranlyatsiya qilishni xohlasa, marhamat, ko‘rsataverishsin. Darvoqe, bizga translyatsiya uchun pul berishmaydi. 

Biz muxlislar bilan to‘lgan tribunalar qarshisida o‘ynash istagida TV orqali translyatsiya qilinmagani ma’qul, deb o‘ylagan edik. Bu shunchaki taklif edi, biz azbaroyi futbolimiz ixlosmandlari stadionga kelishlarini xohlaganimiz uchun shunday dedik. Qolaversa, shu orqali Saudiya Arabistoniga “syurpriz”lar tayyorlash mumkin edi”, deydi Abramov.

Xabardor.uz