Biznesda qanday qilib qo‘rquvdan qutilib, yangi ish boshlash mumkin?

  • 13:45 / 05.02.2020
  • 986

Xalqaro ekspert, ayollar biznesini rivojlantirish va o‘zgartirish bo‘yicha menejer La Tonya Furtening fikricha, hayotda endigina ish boshlagan har qanday tadbirkor duch kelishi mumkin bo‘lgan beshta qo‘rquv mavjud. U “Sheownsit” jurnaliga bergan intervyusida, ushbu qo‘rquvlar bilan kurashish va yengish yo‘llari haqida gapirgan. Quyida ushbu maqolaning o‘zbekcha muqobilini o‘qib, tanishib chiqishingiz mumkin.

Biznes boshlashdagi qiyinchilik
Aytaylik sizda biznes g‘oya paydo bo‘ldi va u shu kungacha hayolingizga kelgan rejalarning eng yaxshisi. Uni amalga oshirish uchun har tarafini: moliyaviy qiyinchiliklar, yaxshi va yomon tomonlar haqida o‘ylab chiqdingiz. Yaqinlaringizga rejalaringiz haqida aytib berdingiz va hammadan iliq fikrlar eshitdingiz. Ular sizni qo‘llab quvvatlashlarini aytishdi. Xullas, ishingizning kelajagi bordek ko‘rindi. 

Siz deyarli ish boshlashga tayyorsiz!

Ammo qayerdandir o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz yetishmayotgandek tuyuladi, ishlaringizni unchalik ham puxta emasdek ko‘rinadi. Ya’ni kuzatuvlaringiz u darajada aniq emasdek tuyula boshlaydi. Atrofingizdagi yaqinlaringizning ham qiziqishi yo‘qola boshlaganligini his qilasiz. Oxir-oqibat ushbu g‘oyangizning o‘zi axmoqona va katta xatodek tuyula boshlaydi. Va hayolingizda “O‘zi sen nimani o‘ylading? Nima uchun hamma qilgan ishing o‘xshashi kerak?” degan savollar aylana boshlaydi. 

Bu savollar orasida barcha fikrlaringiz qotib qoladi. Hozir biz har qanday tadbirkor duch keladigan qo‘rquvlar va ularni qanday yengish yo‘llarini muhokama qilamiz. Ishni qanday boshlash, undan qo‘rqmaslik yo‘llarini o‘rganamiz.

Muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqish
Bunday odam faqat siz emassiz. Muvaffaqiyatsizlik qo‘rquviga ish boshida turgan har bir tadbirkor duch keladi. Undan qutilish uchun tadbirkor o‘zini ruxlantirishi kerak. Ruxlantirish esa tadbirkorlarning qilgan ishlari yozilgan kitoblardan, vidotasvirlardan olinadi. 

Ehtimol, bu siz eshitishni istamagan narsadir, ammo har qanday ish muvaffaqiyatsizliksiz amalga oshmaydi. Agar ishlaringiz yaxshi ketib turgan vaqtda to‘satdan muvaffaqiyatsizlikka duch kelsangiz, bu oxiri, bo‘ldi boshqa ish bo‘lmaydi deb talvasaga tushib qolmasdan ularni tezroq unutishga harakat qilish kerak. Qanchalik g‘alati tuyulmasin aynan shu xato katta tajriba oshirishingizga yordam beradi. Omadsizlikka uchraganingizda muvaffaqiyatsizligingizni qabul qiling va bu ishdan nimani o‘rganish mumkinligi haqida o‘ylang. Keyingi safar yana shunga o‘xshash xatolar oldida turganingizda oldingi olgan tajribalaringiz sizga bu ish xato ekanligini isbotlab turadi.
O‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirish uchun muvafaqqiyatli ishlaringiz haqida ham o‘ylang va ora-orada ular uchun o‘zingizni maqtab qo‘ying, lekin maqtovni oshirib yubormang. Avval erishilgan yaxshi natijalar haqida fikrlash o‘zingizga bo‘lgan bahoni oshirib, yana yangi ishlar qilishingiz uchun turtki bo‘ladi. 

Pul yo‘qotishdan qo‘rqish
Hamma ham sarmoyasiz biznes ochishi mumkin. Oila a’zolaringizdan yoki do‘stlaringizdan qarz olish yoki startapni noldan boshlash muhim emas. Nima bo‘lganda ham har qanday ishni boshlash uchun sarmoya kiritiladi, bu pulni yo‘qotib qo‘yish vahimasi esa deyarli hammada bo‘ladi.

Qo‘rquvni yengish uchun, moliyaviy masalalarni boshidanoq rejalashtirib chiqish kerak. To‘g‘ri har bir narsani aniq hisoblash mumkin emas, lekin marketing, materiallar va boshqa xarajatlar uchun qancha ketishini taxminan hisoblash mumkin.

Har oyda byudjetingizni kuzatib boring va agar byudjet rejasidan chiqib ketayotganingizni sezssangiz chiqimlar kamligida o‘rnini qoplab qo‘yishga harakat qiling. Byudjet hisobotlarini har xil yo‘llar: buxgalteriya tizimi yoki Exceldagi elektron jadval yordamida qilish mumkin. Sarflangan va olingan har bir tiyinni har doim yozib boring.
Har doim foydali variantlarni qidiring. Nimani tejashingiz mumkinligini ko‘rib chiqing. Shunda ishlab chiqarayotgan mahsulotingizni kam pul sarflab ham tayyorlash mumkinligini bilib olasiz, lekin kamxarjlikka qiziqib sifat haqida unutib qo‘ymang. Bundan tashqari firmangizga xomashyo yetkazib beruvchi firmalar bilan arzonlashtirish bitimlarini tuzish mumkin. Xullas, bu borada hech qachon o‘ylashdan to‘xtamang. Afsuski, hamma biznesmenlar ham buni jiddiy qabul qilishmaydi.

Aytgancha, har chorakda buxgalteringizga qo‘ng‘iroq qilib, undan soliq stavkalari va boshqa xarajatlar bilan bog‘liq vaziyatlar haqida so‘rashni unutmang. Shunday qilib, siz o‘zingizni yoqimsiz, kutilmagan hodisalar va keraksiz qo‘rquvlardan xalos qilasiz.

“Xatolardan qo‘rqish, hamma narsani mukammal qilish istagi paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi!”

Ish tempining tushib ketishidan qo‘rqish
Bundan qochib qutulishning iloji yo‘q: rivojlanishning boshida va rivojlanish davomida biznes ko‘p vaqt, kuch va mablag‘ sarflashni talab qiladi. Siz doimo murosaga kelishingiz va ko‘p narsani qurbon qilishingiz kerak bo‘ladi. Ba’zida bu qurbonliklar oila a’zolari va do‘stlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘zaro munosabatlarning buzilishi ko‘p hollarda kuchli stressni keltirib chiqaradi. Natijada tadbirkor hayolida “umuman bularning hammasi nima uchun kerak” degan savollar aylana boshlaydi. Ko‘pchilik bu holatga chiday olmaydi. 
Bunday vaqtda siz uchun qaysi biri birinchi, qay biri ikkinchi darajada turishini aniqlab olishingiz kerak. O‘zingizga dam berishingiz kerakligini unutmang. Dam olish kunlarida ishdagi muammolarni hayolingizdan chiqarib tashlashga harakat qiling. Yaqinlaringiz bilan vaqt o‘tkazing. Oyiga bir kunni faqat o‘zingiz bilan shug‘ullanishga sarflang. Maroqli hordiq chiqarsangiz biznesdagi cho‘kib ketish hissi sizni u qadar qiynamaydi. 

Perfeksionistik qo‘rquv  
Ba’zida muvvafaqiyatsizliklardan charchaganingizda atrofingizdagi hamma tadbirkorlar hech qanday xato qilmay omadga erishgandek tuyilaveradi. Ular ham men kabi qiynalganmikin degan savollar hayolingizdan o‘tishi aniq. Ishoning ular ham xato qilishgan, ammo tanlagan yo‘llaridan ortga chekinishmagan. Bu o‘rnak olishga arziydigan xislat.
Xullas, o‘zingizni boshqalar bilan taqqoslashni bas qiling! Boshida xatolar bo‘lishi muqarrar hattoki, kelajakda ham umuman xato qilmay ishlashning iloji yo‘q. Har bir tadbirkor kulol qo‘lidagi loyga o‘xshaydi. Bilamizki, kulol yasagan narsasini necha marta buzib tashlab, turli sinovlar o‘tkazib, oxirida juda mukammal idish yaratadi. 

Ishoning, ishingiz o‘xshab ketib ortga o‘girilib, qaraganingizda buni o‘zingiz amalga oshirganingizga ishonolmaysiz!